‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


kapital foydasiga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida tajriba»

bet73/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

kapital foydasiga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida tajriba» nomli pamfletida 
sinflaming iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi 
qisqa, lo‘nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari quyidagilar- 
dan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o‘z holiga qo‘yilsa, aholining o‘si- 
shi va kam unumdor yerlarga ishlov berishga o‘tilishi tufayli qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi. Buning barcha foydasi 
yer egalari bo‘lgan lendlordlarga o‘tadi. Kapitalga bo‘lgan foyda nor­
masi pasayadi. Bundan esa ishchilar ziyon ko‘radi, chunki ulaming 
mehnatiga talab pasayib boradi. Xo‘sh, buning oldini olish mumkinmi? 
Demak, xorijdan arzon don import qilish kerak, bundan «Non 
qonunlari»ni bekor qilish kerak degan xulosa chiqariladi (Angliyada 
non va donga yuqori baho qo‘ygan maxsus qonun bor edi, и «Non 
qonunlari» deb atalardi, bu qonunlar 1830-yilda to1 la bekor qilindi). 
Tarix bu g‘oyaning to‘g‘riligini amalda isbotladi.
XVIII 
asming oxirida (1789-1794-yillar) Fransiyada G ‘arbiy Yev- 
ropadagi eng yirik buijua inqilobi ro‘y berdi. Bu inqilob mamlakatdagi 
feodal munosabatlarga to‘la barham berdi va kapitalizm (bozor)ning 
tez rivoji uchun yo‘l ochib berdi, ammo bu o‘zgarishlar tekis va ra-


von amalga oshmadi. Sanoat to‘ntarilishi mashina industriyasini boshladi. 
Kapitalistik munosabatlaming bir qancha pozitiv tomonlari bilan biiga 
anchagina negativ oqibatlari ham ko'rina boshladi. Ana shunday sharoitda 
klassik maktab vakillari yaratgan ta’limotlami har tomonlama to'ldirish 
va qayta ko‘rib chiqishga kirishildi, bu jarayon Fransiya, Angliya va 
AQSHda XVIII asr oxiri - XIX asr 1-yarmida ro‘y bera boshladi. Bu 
davrdagi ta’limotlarga xos xususiyat shu ediki, ularda barcha iqtiso­
diyot kategoriyalari to‘laligicha emas, balki qisman, ya’ni ulaming 
ayrimlari olinib, tadqiq qilindi. Fransiyada Sey, Bastia, Angliyada 
Maltus, Senior, AQSHda Keri va boshqalar klassik iqtisodiy maktabni 
qayta ко‘rib chiqish, uni to'ldirish, zamonga moslash istaklari bilan 
o‘ziga xos ta’limotlar yuzaga kela boshladi. 1-bosqich V.Petti va P.Bua­
gilber, 2-bosqich A. Smit va D. Rikardo nomlari bilan bog'liq bo‘Isa, 
bu davmi klassik maktab evolutsiyasining uchinchi bosqichi sifatida 
qarash mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling