‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti

bet74/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

9.2. Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti.
«Sey qonuni»
Fransiyada shu davrdagi iqtisodiy g'oyalaming rivoji Jan Batist 
Sey (1767-1832) nomi bilan bog'liq. Bo‘lajak olim Lionda savdogar 
oilasida tug‘ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U inqilobni 
qo‘lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. Uning 
birinchi asari «Siyosiy iqtisod risolasi» 1803-yilda chiqdi va hayoti 
davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh 
asari sifatida qoldi. 1817-yilda «Siyosiy iqtisod katexizisi» (Katexizis - 
grekcha «nasixat», «qo‘llanma» mazmuniga ega), 1828-30-yillarda olti 
tomlik «Siyosiy iqtisod kursi» kitobi ham chop etildi. Bu kitoblardan 
u sanoat buquaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy 
liberalizmni qo'llab-quwatlovchi olim sifatida ma’lumdir.
D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho bergan va «Sey 
qonuni»ni tan olgan.
Olimning tadqiqot predmeti jamiyatning moddiy farovonlik prob- 
lematikasidir. Boylikning manbayi esa millatning iqtisodiy potensia- 
liga bog‘liq. U tadqiqot uslubida aniq fanlar (mas., fizika) tajribasidan 
foydalanish kerakligini aytadi. Metodologik jihatdan bu universal va 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan qonun, kategoriya va nazariyalar 
tan olnishi zarur deganidir.


Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: ishlab chiqarish, taqsimot 
va iste’mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari 
o'rtasidagi yuzaki bog‘lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste’molning 
iqtisodiyot fanining mustaqil bo'laklari sifatida ajratilishi va ulaming 
mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yonma-yon qo'yilishi 
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi haqiqiy aloqaiar 
buzib ko'rsatiladi, chunki ma’lum tipdagi ishlab chiqarish munosa­
batlari doim taqsimot va iste’molning ma’lum tarkibini vujudga keltiradi.
Sey Smitni qo'llaydi, ammo ko‘p masalalarda u bilan kelishmaydi. 
Masalan, uningcha qiymat bir qancha omillarga bog'liq qilib qo‘yiladi: 
tovaming subyektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari, 
talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya mohiyati butunlay yo‘q 
va bu jarayon ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan almashtiriladi. 
Ammo u iqtisodiy liberalizm (laissez faire) prinsipi, «kichkina va ar­
zon davlat» va uning iqtisodiyotga aralashuvini keskin qisqartirish 
tarafdori sifatida Smit bilan hamfikr. Sey bu sohada fiziokratik an’ana- 
larga yaqin bo'lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili Napoleonning 
iqtisodiy siyosatiga to‘g‘ri kelmas edi (kontinental blokada siyosati 
Angliya bilan iqtisodiy aloqalami keskin cheklagan). Burbonlaming 
restavratsiya qilinishi Seyning obro'si oshishiga imkon yaratdi.
U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha sod- 
da va aniq izohlashga intildi. Birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish 
omillari: mehnat, kapital va yeming mahsulot qiymatini hosil qilishda 
teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o‘tilgan). Hoziigi 
davr olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog‘- 
laydilar.
XIX asming boshlarida shu uch omilga asoslangan g'oyalar rivoj 
topdi. Mehnat — ish haqi, kapital — foyda, yer — renta: shu uch 
o‘zaro bog'liq (uch birlik) formula Sey ta’limotida muhim o‘rin egal- 
laydi. Uning qiymat va daromadlar to‘g‘risidagi ta’limoti o'ziga xos 
ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqU ravishda tovar qiymati uni 
ishlab chiqarishga sarflangan mehnat Ьйап emas, uning foydaliligi 
bilan aniqlanadi. Shunday qilib, «Foydalilik nazariyasi»ga asos solindi. 
Bu nazariyaga ko‘ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik 
esa predmetlarga qimmat beradi. «Qimmat foydalilik o‘lchovidir», - 
deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarf-


langan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik 
darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib, 
Sey qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak, 
qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va 
alohida qaraladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, A.Smitgacha almashuv 
qiymati foydalilik bilan bevosita bog'liq bo'lmasligi mumkin, masalan, 
nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo'lgan narsalar ham past qiymatga 
ega bo'lishi mumkin, ayrim narsalaming esa umuman qiymati yo‘q, 
bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalami ko'rsatish mumkin. 
Bu masala bo'yicha turli fikrlar mavjud (marjinalizm g‘oyasining asosi 
ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan 
tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi.
Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi 
ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok 
etadi (mehnat, kapital, yer) va ulaming har biri qiymatni hosil qilishda 
ma’lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch xil daromadni yuzaga 
keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi. 
Chunki unda ishlab chiqarish omillari to‘la huquqli hamkorlik asosida 
uyg'un - garmonik harakat qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan 
olinmaydi. Seyning izdoshi Frederik Bastianing bosh asari «Iqtisodiy 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling