‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Siyosiy iqtisod risolasi»
- Frederik Bastianing
9.2. Fransiyada vujudga kelgan J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti.
«Sey qonuni» Fransiyada shu davrdagi iqtisodiy g'oyalaming rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog'liq. Bo‘lajak olim Lionda savdogar oilasida tug‘ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U inqilobni qo‘lladi. Napoleon Bonapart hukumatida moliya sohasida ishladi. Uning birinchi asari «Siyosiy iqtisod risolasi» 1803-yilda chiqdi va hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh asari sifatida qoldi. 1817-yilda «Siyosiy iqtisod katexizisi» (Katexizis - grekcha «nasixat», «qo‘llanma» mazmuniga ega), 1828-30-yillarda olti tomlik «Siyosiy iqtisod kursi» kitobi ham chop etildi. Bu kitoblardan u sanoat buquaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo'llab-quwatlovchi olim sifatida ma’lumdir. D.Rikardo bu olimning ilmiy merosiga yuqori baho bergan va «Sey qonuni»ni tan olgan. Olimning tadqiqot predmeti jamiyatning moddiy farovonlik prob- lematikasidir. Boylikning manbayi esa millatning iqtisodiy potensia- liga bog‘liq. U tadqiqot uslubida aniq fanlar (mas., fizika) tajribasidan foydalanish kerakligini aytadi. Metodologik jihatdan bu universal va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan qonun, kategoriya va nazariyalar tan olnishi zarur deganidir. Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol. Bu klassifikatsiya takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi yuzaki bog‘lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste’molning iqtisodiyot fanining mustaqil bo'laklari sifatida ajratilishi va ulaming mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yonma-yon qo'yilishi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o'rtasidagi haqiqiy aloqaiar buzib ko'rsatiladi, chunki ma’lum tipdagi ishlab chiqarish munosa batlari doim taqsimot va iste’molning ma’lum tarkibini vujudga keltiradi. Sey Smitni qo'llaydi, ammo ko‘p masalalarda u bilan kelishmaydi. Masalan, uningcha qiymat bir qancha omillarga bog'liq qilib qo‘yiladi: tovaming subyektiv foydaliligi, uning ishlab chiqarish chiqimlari, talab va taklif. Seyda kapitalning ekspluatatsiya mohiyati butunlay yo‘q va bu jarayon ishlab chiqarish omillari nazariyasi bilan almashtiriladi. Ammo u iqtisodiy liberalizm (laissez faire) prinsipi, «kichkina va ar zon davlat» va uning iqtisodiyotga aralashuvini keskin qisqartirish tarafdori sifatida Smit bilan hamfikr. Sey bu sohada fiziokratik an’ana- larga yaqin bo'lgan. Uning iqtisodiy liberalizm tamoyili Napoleonning iqtisodiy siyosatiga to‘g‘ri kelmas edi (kontinental blokada siyosati Angliya bilan iqtisodiy aloqalami keskin cheklagan). Burbonlaming restavratsiya qilinishi Seyning obro'si oshishiga imkon yaratdi. U hayoti davomida siyosiy iqtisod masalalarini imkoni boricha sod- da va aniq izohlashga intildi. Birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital va yeming mahsulot qiymatini hosil qilishda teng ishtirokini aniq ifodaladi (bu fikr yuqorida eslab o‘tilgan). Hoziigi davr olimlari kapitalizmning (bozor) tizimini shu uch omil bilan bog‘- laydilar. XIX asming boshlarida shu uch omilga asoslangan g'oyalar rivoj topdi. Mehnat — ish haqi, kapital — foyda, yer — renta: shu uch o‘zaro bog'liq (uch birlik) formula Sey ta’limotida muhim o‘rin egal- laydi. Uning qiymat va daromadlar to‘g‘risidagi ta’limoti o'ziga xos ravishda hal etildi. Klassik maktabdan farqU ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat Ьйап emas, uning foydaliligi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, «Foydalilik nazariyasi»ga asos solindi. Bu nazariyaga ko‘ra ishlab chiqarish foydalilikni yaratadi, foydalilik esa predmetlarga qimmat beradi. «Qimmat foydalilik o‘lchovidir», - deydi u. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat faqat sarf- langan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib, Sey qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak, qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va alohida qaraladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, A.Smitgacha almashuv qiymati foydalilik bilan bevosita bog'liq bo'lmasligi mumkin, masalan, nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo'lgan narsalar ham past qiymatga ega bo'lishi mumkin, ayrim narsalaming esa umuman qiymati yo‘q, bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalami ko'rsatish mumkin. Bu masala bo'yicha turli fikrlar mavjud (marjinalizm g‘oyasining asosi ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi. Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok etadi (mehnat, kapital, yer) va ulaming har biri qiymatni hosil qilishda ma’lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch xil daromadni yuzaga keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi. Chunki unda ishlab chiqarish omillari to‘la huquqli hamkorlik asosida uyg'un - garmonik harakat qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan olinmaydi. Seyning izdoshi Frederik Bastianing bosh asari «Iqtisodiy Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling