‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushuncha va iboralar
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
Qisqacha xulosalar
Klassik maktab rivojining bu bosqichida D.Rikardo, J.B. Sey, T. Maltus va boshqalaming g‘oyalari muhimdir. Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababU fabrikaning ahamiyatini to‘g‘ri tushundi. Klassik g‘oyalami to‘la qo'llagan holda, uning o‘ziga xos fikrlari mavjud. Masalan, renta nazariyasi hoziigacha ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar g‘oyasi nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo‘l- lab-quwatlanadi, «Sey qonuni»ni ma’qullaydi. Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o‘rin egallaydi, uning «bozorlar qonuni» deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning ishlab chiqarishni uch asosiy omillari hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan. T.Maltusning «aholi nufusi nazariyasi», arifmetik (tirikchilik ne’matlari o‘sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, «tuproq unumdorUgi pasayib borish qonuni» katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Maltusga xos xususiyat shuki, u inqirozlar bo‘lishini tan oladi, ammo ular vaqtincha bo‘lishini ko‘rsatadi. Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalari sohibkorlar (kapital egalari) va mehnatkashlar o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘q degan muammoni yechishga bag'ishlangan. Xuddi shunday fikrlar fransuz Bastia va amerikalik Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to‘liq uyg'unlik mavjud degan g‘oyalami ko‘tarib chiqadilar. Asosiy tushuncha va iboralar Rikardo, nisbiy afzallikprinsipi, differensial renta, fritrederlik, Sey, «bozorlar qonuni», ishlab chiqarishning uch asosiy omili, foydalilik, Maltus, arifmetik va geometrik progressiya, «aholi nufusi nazariyasi», tuproq unumdorligi pasayishi qonuni, inqirozlar, senior, tiyilish, so'nggi soat nazariyalari, Bastiya, Keri, iqtisodiy uyg‘unlik. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g‘oyalar nimadan iborat? 2. Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb hisoblanadi. 3.Nisbiy afzallikprinsipi nimani anglatadi? 4. «Proteksionizm» va «Fritrederlik»ning o‘zaro farqi nimada? 5. J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering. 6. Seyning fikricha, inqirozlar bo'lishi mumkinmi? 7. T.Maltusning «ahoU nufusi nazariyasi»dagi asosiy g‘oya nima? 8. «Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni» oqibatlari qanday bo'lishi mumkin? 9. Nima uchun «Uchinchi shaxslar nazariyasi» vujudga keldi? 10. Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalarining mohiyatini ochib bering. 11. Bastia va Kerining iqtisodiy uyg'unlik g‘oyalarida qanday umumiyliklar bor? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling