‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Aholi o‘sishini cheklovchi ошШаг
|
61aef8397723d3.50813536
Aholi o‘sishini cheklovchi ошШаг
Avlodni davoqi ettirish instinkti Aholining o‘sish potensiali Aholining o‘sishinig cheklovchi omillar Oldini olish choralari: tug'ilish kamayishi Real omillar: o‘lim ortishi Aholoqiy xususiyatdagi cheklovlar Soliq pastligi Noo'rin hayot Kambag‘allik Tirikchilik vositalarining cheklanganligi Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko'ra insoniyat ko'pa- yish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va o'simliklar qarama-qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo‘lib, hayvonot dunyosidan ajralib turadi. Quyidagi jadvalda ana shu imkoniyatlar aks etgan. Maltusning bu reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi. Maltus bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820-yilda asarini qayta ishlab chiqdi va unda o‘z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa, ustiga dam- badam yog'ilib turadigan va aholini o‘limga mahkum etadigan balo- ofatlami zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so'radi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib o'tdi, ammo u o‘zining bosh fikrini inkor etmadi. Maltus markaziy g'oyasi, ya’ni aholi soni o'sish sur’atlarining jamiyat farovonligiga ta’siri to‘g‘ri va dolzaibdir. Ammo olim tomonidan berilgan prognozlar baxtimizga normal bo‘lib chiqdi. Har 20-25 yilda aholining ikki marta ko'payishi insoniyatni to‘la qashshoqlikka mahkum etishi kerak edi. Maltus «doktrinasi», awalo, metodologik jihatdan xato edi, chunki hech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo‘llaniladi. Vaholanki, insonlar o‘simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‘laroq faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o‘tish joizki, o‘z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli mehnat bilan shug‘ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab beiganlar. Maltus klassiklaming bu fikrini inkor etadi. Bundan tashqari, Maltus o‘zi ochgan qonunni abadiy deb e’lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, bu yerda aholining nisbiy ortiqchaligi uning absolut ortiqchaligi deb ko‘rsatilgan. Maltus progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallami ochiqdan ochiq soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma’lumotlar AQSHning XVI-XVIII asrlardagi aholi o'sishiga nisbat sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining emigratsiyasi hisobiga ko’payganligi haqidagi «arzimas» fakt esa hisobga olinmagan (tabiiy o‘sish bor, emigratsiya bor). Maltus o‘z fikrini «isbotlash» uchun «tuproq unumdorliginingpasayib borishi» nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, yeiga sarflangan qo‘shimcha kapital go'yoki mahsulotni proporsional tarzda ko'paytirishga imkon bermas emish, binobarin odamlar o‘zlarini oziq-ovqat va boshqa tovarlaiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlami to‘la hajmda yetishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlaming yetishmasligi tabiatning tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlanadi. Bu «qonun»da jon bor albatta, masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo'lmaydi, lekin ilmiy- texnika taraqqiyoti tufayli ko'pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli foydalanib, oziq-ovqat va boshqa muammolami hal etmoqdalar. Demak, bu «qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga «ko‘k inqilob»ni misol keltirish mumkin. «Ko‘k inqilob» 1960-yillaming oxirida paydo bo‘ldi, u qishloq xo'jali- gida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo'llash yo‘Ii bilan uning mahsul- dorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950-yillaming o'rtalarida donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog'liq. Bir qancha mamlakatlar «ko‘k inqilob»dan foydalanib, ancha katta yutuqlami qo'lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70-yillaming oxiri va 80-yillarning boshida o'zini o‘zi don bilan ta’minlashga erishdi. Bu yerda 1976-yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950-yilga nisbatan 2.5 marta ko'pdir, 1989-yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi, shundan 165 million tonnasi guruch va bug‘doydir. Filippinda 1965-89-yillarda sholi hosildorligi 1,7 mln tonnadan 9.5 mln tonnaga o‘sgan bo‘lsa, Indoneziyada bu ko'rsatkich gektariga 18,1 sentnerdan 42.3 sentnerga o‘sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd. 250 mln. kishilik aholi uchun oziq-ovqat muammosi hal etilgan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling