‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Qiymat va daromad nazariyasi
|
61aef8397723d3.50813536
Qiymat va daromad nazariyasi
Maltusning qiymat, daromad, foyda va realizatsiya bo‘yicha g'oyalari diqqatga sazovor. Maltus bu masalalami hal etishda D.Rikardoning g‘oyalariga qarshi chiqdi va A.Smitdan foydalandi. Uningcha, tovaming qiymati shu tovami sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g'oyasining «yangiligi» «qimmat o‘lchovi»ni izolilashdir. Maltus tovaming qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani ham to‘lashi kerak, deb o'ylaydi, foyda tovaming qiymatiga nominal qo'shimcha, deb hisoblanadi. Foyda mehnatdan ajratib qo‘yiladi, ya’ni kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovami o‘z qiymatidan ortiqqa sotish tufayli paydo bo‘ladi, noekvivalent ayirboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga qaytish ro‘y beradi, qiymatning hosil bo'lishida mehnatning roli ikkin chi darajali qilib ko'rsatiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi (takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer egaligi, ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shaxslaming mavjudligi oqlanadi. Aslini olganda, bunda inqirozlar muammosi izolilanib, «uchinchi shaxslar» nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlami sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta’rifiga ko‘ra jami ish haqi ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga kamdir. Bu holatdan chiqish yo‘li jamiyatda ishlab chiqarmaydigan sinflar, ya’ni «uchinchi shaxslar»ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun yer aristokratiyasini ulug‘laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig'im- lami oqlaydi. «Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas», - deydi T.Maltus. Ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to‘g‘risida fikr yuritib, bu jarayon umumiy bo'lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida uzluksiz yoki vaqtincha bo‘lishi mumkinligi aytiladi. D.Rikardo va boshqa klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo‘yicha nafaqat xususiy, balki umumiy inqirozlar bo‘lishi bashorat qilinadi (bu tarixan isbotlandi). Ammo barcha inqirozlar vaqtincha bo'lib, ular o'tkinchi deb qaraladi. Maltus «Nufus nazariyasi»ga ko'ra, ishchilaming sonini kamayti- rishni taklif etgan bo‘lsa, ishlamay yeydiganlaming sonini oshirishni jamiyat uchun foydah deb hisoblaydi. Bu g‘oyalar asUda Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo‘lsa, Maltus kapitalizmdan voz kechmagan holda, awalo, yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini ta’minlashni qo'llaydi. Maltus g'oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamla katlardagi og‘ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 1950-60-yillarda aholining o'sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda iqtisodiy rvojlanish past bo'lgan bo‘lsa, 90-yillarda aholining o'sishi 1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham aholining o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etishda bu olimning ba’zi g'oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX asrda juda keng tarqaldi va mashhur bo‘lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltus- chilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning «ikki progressiya» to‘g‘risidagi dastlabki qarashlarini biroz o'zgartirib, «aholining qarib borishi», «aholining eng maqbul miqdori», «qimmatli» va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g'oyalami ilgari surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida «ortiqcha» odamlar ko'payib ketdi, deb ulaming sonini turli yo‘llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi. XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (1945-yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o'sish tez bo‘lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling