Ўzbekistan respublikasi soғLIҚni saқlash vazirligi
Download 124 Kb.
|
Gyperaktiv qovuq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli masala № 2.
- Test savollari.
Vaziyatli masalalar.
Vaziyatli masala №1. Erkak bemor, 54 yoshda, doimiy siyishga shoshilinch talab, tez-tez siyish, xattoki imperativ peshob tuta olmaslik va tunda 5 marta nikturiya bilan shikoyat qiladi. Anamnezdan: u bir oy avval miya kon aylanishinig o’tkir buzilishi (ishemik insul't) o’tqazdi. Prostata bezini barmoq bilan rektal tekshiruvi amalga oshirilganda patologiya aniqlanmadi. - Dastlabki tashxis? - Buni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o’tkazish lozim bo’ladi ? - Davolash? Vaziyatli masala № 2. Ayol bemor, 42 yoshda, tez-tez va kam miqdorda siyish, imperativ peshob tuta-olmaslik, tunda 2 marta nikturiya shikoyatlari bilan shifokorga murojaat qildi. Anamnezda jaroxatli tug’riqlar bo’lgan. Qovuq UTS ko’rsatgichlari o’zgarishsiz. - Dastlabki tashxis? - Buni tasdiqlash uchun qanday tekshirishlar o’tkazish lozim bo’ladi ? - Qanday kasalliklar bilan qiyosiy taqqoslash lozim bo’ladi? Test savollari. 1. Ko’rsatilgan qaysi simptomlar giperaktiv qovuqqa xarakterlidir ? Siyishga bo’lgan shoshilinch talab. Peshob tuta olmaslik. Kam mikdor bilan tez-tez siyish. Tundagi siyish – nikturiya. Yukoridagi ko’rsatilgan barcha simptomlar * 2. Ko’rsatilgan qaysi simptomlar giperaktiv qovuqqa aynan xos bo’lgan asosiy simptomdir ? 1. Siyishga bo’lgan shoshilinch talab *. 2. Peshob tuta olmaslik. 3. Kam mikdor bilan tez-tez siyish. 4. Tundagi siyish – nikturiya. 5. Yukoridagi ko’rsatilgan barcha simptomlar. 3. Ko’rsatilgan qaysi omillar giperaktiv qovuqni tez rivojlanishi uchun zamin yaratadi? 1. Yosh va qandli diabet 2. Uzoq davom etuvchi siydik infekciyasi 3. Semirish va chekish 4. Xavotirli – depressiv holat 5. Yuqoridagi ko’rsatilgan barcha simptomlar * 4. Siyish kundaligi «chastota/hajm» tekshiruvini o’tkazishdan maqsad.... 1. Siyish oqimining maksimal va o’rtacha hajmiy tezligini kundalik ob'ektiv baholash. 2. Siyish jarayoninig chizig’iy grafigini kundalik ob'ektiv baholash. 3. Har bir siyish jarayonining davomiyligini va undagi ajralgan siydik hajmini ob'ektiv baholash. 4. Har bir siyish chastotasi va undagi qoldiq siydik hajmini ob'ektiv baholash. 5. Har bir siyish chastotasi va undagi ajralgan siydik hajmini ob'ektiv baholash. * 5. Bemorning qaysi tekshiruv bosqichlari giperaktiv qovuq tashxisini qo’yishda eng muhimi hisoblanadi? 1. Shikoyat va anamnezni yig’ish, siyish kundaligini «chastota/hajm» to’lg’izish. 2. Fizikal ko’rik, rektal va/yoki qinni yo’talish sinamasi bilan tekshirish. 3. Siydik yo’llarini UTS va qoldiq siydikni aniqlash. 4. Siydikning umumiy tahlili va nevrologik holatni baholash. 5. Yuqoridagi ko’rsatilgan barcha tekshiruv bosqichlari.* 6 . Giperaktiv qovuqni (GQ) davolash uchun bo’lgan ko’rsatma. 1. GQ ni peshob tuta olmaslik bilan bo’lishi. 2. Bemorning turmush sifatini pasayishi.* 3. GQ ning neyrogen formasi 4. GQ ning idiopatik formasi 5. Yuqoridagi ko’rsatilgan barcha simptomlar 7. Qaysi farmakopreparat guruhlari GQ ni davolawda 1 liniyadagi dori vositalari deb hisoblanadi? 1. Al'fa-adrenoblokatorlar. 2. Antidepresantlar. 3. Antixolinesterazlar (xolinolitiklar).* 4. Beta – adrenoblokatorlar. 5. Prostaglandinlar biosintezining ingibitorlari Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling