’zbekisto


Chang donachasi spermiogenezi Triticale (1-9)


Download 66.17 Kb.
bet4/5
Sana16.11.2023
Hajmi66.17 Kb.
#1781664
1   2   3   4   5
Bog'liq
20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo

Chang donachasi spermiogenezi Triticale (1-9)
da izoh keltirilgan; sp-spermiy.
Ayrim o‘simliklar turlarida spermiy kichkina, boshqalarida biroz kattaroq, uchinchilarida undan ham kattaroq bo‘lishi kuzatilgan. Spermiylar shakliga ko‘ra yumaloq, ellips, o‘roqsimon, chuvalchangsimon kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Spremiylar hosil bo‘lishidan boshlab etilgunga qadar, shakli o‘zgarib boradi. Odatda ular hosil bo‘lishining boshlang‘ich davrida yumaloq yoki oval ko‘rinishga ega bo‘lib, rivojlanish davrining oxirida esa, shu turning o‘simligiga xos shaklga kiradi.
Spermiylarning xususiy sitoplazmasini mavjudligi yoki uni butunlay yo‘qligi haqidagi masala uzoq yillar davomida munozarali bo‘lgan. Shu boisdan bu borada ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bir qator o‘simliklar arpa, lavlagi, g‘o‘za spremiylarini elektron mikroskoplarda o‘rganishning natijalariga ko‘ra, spermiy o‘zining sitoplazmasiga egaligini ko‘rsatgan. Tuzilishida generativ hujayraning sitoplazmasidan farq qilmasligi aniqlangan.
Spermiy generativ hujayraning mitoz bo‘linishidan hosil bo‘lishiga qaramay, u turlicha sifat belgilarga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bu borada birinchi bo‘lib S.G.Novashin spermiylarning turli sifatlarga egaligi haqida fikr bildirgan. U har ikkala spermiy bir birini aynan ko‘zguda ko‘ringaniday, huddi o‘ng va chap qo‘l barmoqlarini ko‘rinishiday deb izohlagan. Spermiylar morfologiyasidagi farqlarning hosil bo‘lishi, generativ hujayraning bo‘linishida ya’ni anafazada xromosomalarni o‘zaro ajralishidan boshlanadi.
Keyinchalik, spermiylar morfologiyasidagi farqlar, sifat belgilari bo‘lgan, yadroning kattaligi va sitoplazmaning turlicha miqdorda bo‘lishi aniqlandi. Spermiylardagi farqlar generativ hujayraning yadrosini bo‘linish davrida uning bir tomoniga siljigan bo‘lishi, spermiylarni bittasi sitoplazmadan ko‘proq qismini olganligi sababli kattaroq ko‘rinishga, ikkinchisi esa kichikroq bo‘ladi. Generativ hujayraning bo‘linishi chang nayida ro‘y bersa, oldingi spermiy doimo kichik bo‘lishi kuzatilgan.

Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling