’zbekisto


Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari


Download 66.17 Kb.
bet3/5
Sana16.11.2023
Hajmi66.17 Kb.
#1781664
1   2   3   4   5
Bog'liq
20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo

Vegetativ va generativ hujayralarning vazifalari. Otalik gametofitini rivojlanish davrida vegetativ va generativ hujayralarning bajaradigan vazifalarida ancha farqlar kuzatiladi. Hozirgi kunda generativ hujayraning asosiy vazifasi aniqlangan bo‘lib, ammo spermiylarni hosil qilish, vegetativ yadroning otalik gametofitini rivojlanishidagi vazifasi chang nayi ichida o‘sishini ta’minlashdan iboratligi hanuzgacha to‘liq isbotlanmagan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar, guldagi chang nayini o‘sishida vegetativ yadroning ahamiyati katta ekanligini qayd etadi. Boshqa tadqiqotchilar aksincha, bu jarayonda vegetativ yadroning ahamiyati yo‘qligi va u atavik belgi ekanligini e’tirof etadi.
Vegetativ yadro bo‘linayotgan generativ yadroni yaqinida joylashganligidan spermatogenezda sekretor-trofik vazifani bajaradi. Vegetativ yadro chang nayi o‘sishi davomida funksional faol shuningdek, RNK va oqsillarning sintezida ishtirok etadi.
Vegetativ va generativ yadrolarning hosil bo‘lganidan keyingi morfologik va funksional jihatdan farqlari bo‘yicha mutaxassislar orasida turlicha nuqtai nazarlar mavjud. Bunda asosiy fikr asimmetrik bo‘linish urchug‘ini joylanishi va ma’lum darajada egilgan fragmoplastni hosil bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, bu jarayon natijasida generativ va vegetativ hujayralar sitoplazmasi turlicha miqdorida bo‘ladi.
Ayrim mutaxassislar vegetativ va generativ hujayralardagi tabaqalashuv sitoplazmaning miqdori va ayniqsa, uning sifatida, xususan, undagi RNK miqdoriga bog‘liq deyishsa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu hujayralarning tabaqalashuvi generativ yadrodagi DNK miqdorining ortishi bilan bog‘liq, degan fikrlarga kelishgan. Va nihoyat, shunday nuqtai nazar ham borki, tabaqalashuvga olib keladigan omil hujayralar orasidagi moddalarning almashinuvi yoki har bir hujayraning yadrosi bilan sitoplazmasi orasidagi moddalarning almashinuvi shu holatga olib kelgan deb hisoblashadi. Generativ hujayraning vegetativ hujayraga nisbatan rivojlanishi farq qilib, vegetativ hujayra tapetum hujayralarining hisobiga oziqlansa, generativ hujayra esa vegetativ hujayraning sitoplazmasida bo‘lganligidan, uning hisobiga oziqlanadi.
Yuqorida bayon qilingan nuqtai-nazarlarda yakdillik yo‘q, shu boisdan hozirgacha ham vegetativ va generativ hujayralarning hosil bo‘lishi va ixtisoslashishi bo‘yicha muhum fikr yaratilmagan.
Spermiylar generativ hujayraning chang donasida yoki chang nayida bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Generativ hujayra chang donasi ichida mitoz bo‘linsa me’yordagi axromatin bo‘linish urchug‘i va metafazaning ekvatorial plastinkasi yuzaga keladi.
Generativ hujayra chang nayida bo‘linishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Generativ hujayraning bo‘linish xarakteri chang nayining diametriga va xromosomalarning uzun-qisqaligiga bog‘liq. Agar chang nayini ichki yuzasi keng va xromosomalar qisqa bo‘lsa, generativ hujayraning bo‘linishida axromatin urchuq va metafaza plastinkasi yuzaga keladi. Aksincha, axromatin urchuq va metafaza plastinkasi hosil bo‘lishi kuzatilmaydi, shuningdek xromosomalar tartibsiz joylashadi.
Hosil bo‘lgan spermiylardagi yadrolar dastlab oval shakliga ega bo‘lib, xromatin zich spirallashgan bo‘ladi, keyinchalik yadro cho‘zila boshlaydi, xromatin biroz siyraklashib, yadrocha hosil bo‘ladi. Keyinchalik spermiylarning rivojlanishida ularning shakli o‘zgarishi mumkin. Masalan, boshoqdoshlarga mansub o‘simliklarda spermiyning bir tomoni ingichkalashib nisbatan o‘tkirlashsa, ikkinchi uchi xolicha to‘mtoq qolishi aniqlangan . To‘mtoq tomonga yadrocha surilib o‘tadi, u keyinchalik yadrodan sitoplazmaga o‘tadi. Spermiylar yadrosidagi xromatin bu davrga kelib o‘ta spirallashadi. Xromatindagi DNK oqsillar bilan mustahkam bog‘langan holga o‘tadi. RNK bilan bog‘langan nukleoproteidlar ham bo‘ladi.
Spermiylar rivojlanishining boshlang‘ich davrida yadrolarda yadrochalarni bo‘lishi, spermiylar mitotik siklini tugallanishi va uni interfaza holatiga o‘tayotganini anglatadi. Yadrochani spermiydan chiqishi, yadro xromatinlarning spirallashishi, spermiylar yadrolarining bajaradigan vazifasiga ko‘ra, interfaza holatida ekanligini anglash mumkin.
G ulli o‘simliklarning turli sistematik guruhlariga mansub o‘simliklarning turlarida spermiylar shakli va katta kichikligiga ko‘ra farq qiladi.



Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling