’zbekisto


Chang donasi po‘stining tuzilishi


Download 66.17 Kb.
bet5/5
Sana16.11.2023
Hajmi66.17 Kb.
#1781664
1   2   3   4   5
Bog'liq
20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo

Chang donasi po‘stining tuzilishi. Chang donasining po‘sti, mikrosporalar tetrada holida bo‘lgan davridan boshlab shakllana boshlaydi. Changdon uyalarining ochilishiga qadar, chang donasining po‘sti to‘la shakllanib bo‘ladi. Chang donasining po‘sti tashqi ekzina va ichki intinadan iborat. Intina va ekzina o‘zaro tuzilishi va kimyoviy tarkibiga ko‘ra farqlanadi.
Intina bir va ikki qavatli bo‘lishi mumkin. Intinaning tarkibi sellyulozadan iborat bo‘lib, mayda donadorlik yoki to‘lqinsimonligi bilan xarakterlanadi, shuningdek gigroskopik nur sindirish xususiyatiga ega.
Ekzina bir necha qavatdan; tashqi-naqshli yo‘g‘onlashgan sekzina yoki ektekzina, uni ostidagi naqshsiz qalinlashgan qavat-nekzina yoki endekzina va intinaga taqalib turadigan mezina qavatlaridan iborat. Ekzina tarkibi sporopollenin va lignindan iborat.
Chang donasining ekzina qavatida ariqchalar va tirqishlar mavjud bo‘lib, ularni apertura deyiladi. Ular chang nayining o‘sish joyi hisoblanadi. Chang donasidagi tirqishlar va ariqchalarning soni hamda ekzinadagi naqshli hosilalar sistematik belgi hisoblanadi. Sistematik jihatidan quyi pog‘onadagi o‘simliklarning chang donasini ekzina qavatida ariqchalar hosil bo‘ladi. Sistematik yuqori pog‘onadagi o‘simliklarning chang donasidagi ekzina qavatida tirqishlar hosil bo‘lishi bilan farq qiladi. Tirqishlarlarning soni turli sistematik guruhlarga mansub o‘simliklarda bittadan 40 tagacha bo‘lishi mumkin. Primitiv tuzilishdagi bir ariqchali chang donalar magnoliyadoshlarga, progressiv tuzilishdagi bir tirqishli chang donalar esa g‘alladoshlarga mansub o‘simliklarda uchraydi. Ko‘p tirqishli chang donalari gulxayridoshlar, amarantdoshlar va sho‘radoshlar oilalariga mansub tur o‘simliklariga xos hisoblanadi. Yuksak o‘simliklarning ko‘pchiligida uch tirqishli chang donalari ko‘p tarqalgan.
Chang donasi rivojlanishidagi anomal o‘zgarishlar. Agar o‘simlik o‘zi uchun qulay bo‘lgan sharoitda o‘sayotgan bo‘lsa, gibrid bo‘lmasa, fertil – hayotchan chang donalari hosil bo‘ladi. Tashqi muhitning o‘simlik uchun noqulay bo‘lgan omillari – havo va tuproq haroratini keskin ortishi yoki sovishi, namlikni oz-ko‘pligi, shuningdek o‘simlikka ta’sir etadigan kimyoviy reagentlar, ionlashgan nurlar, chang donalarini bir me’yorda rivojlanishini izdan chiqaradi. Bu holat avvalo chang donasining hosil bo‘lishining dastlabki davri meyozda hamda keyinroq generativ hujayraning bo‘linishi, spermiylarning hosil bo‘lish davrida ham sodir bo‘ladi.
Meyoz bo‘linishdagi o‘zgarishlar xromosomalarni qutblarga yo‘nalishining bir vaqtda va bir me’yorda ro‘y bermasligi, ayrim xromosomalarni sitoplazmada qolishi, buning oqibatida qo‘shimcha kichkina - mikroyadrolarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Bularning har biri alohida hujayraga o‘tishi natijasida tetrada o‘rnida pentadalar, geksadalar, oktadalar va sh.k. hosil bo‘ladi.
Anomal o‘zgarishlarning boshqa holatlarida bir hujayrada bir nechta yadro bo‘lganda ko‘p yadroli chang donasi hosil bo‘ladi. Bunday tarzda yuzaga kelgan chang donasi odatda fertil bo‘lmaydi. U rivojlanishning dastlabki davrlaridayoq rivojlanmay yo‘q bo‘lib ketadi. Kamdan kam hollarda ko‘p yadroli chang donasida bir necha spremiylar hosil bo‘lsa ham, bunday chang donasi steril sifatsiz bo‘ladi. Bir qator holatlarda generativ hujayraning bo‘linishi oldidan ta’sir ettirilgan ionlangan nurlarning katta dozasi uning degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi.
Chang donasini rivojlanishidagi anomaliya (o‘zgarish)lar tashqi muhitning o‘simlik uchun noqulay omillarining ta’siriga, shuningdek genetik sabablar ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda gibrid, poliploid va apomiktik o‘simliklarda sodir bo‘ladi. Bu holat meyoz bo‘linishdagi xromosomalarning qayta taqsimlanishidagi o‘zgarishlar tufayli ro‘y beradi.
Chang donasini anomal shakllanishi changdonni rivojlanishidagi buzilishlar natijasida erkak sterillikda ham namoyon bo‘ladi. Bunday buzilishlarning xarakteri mazkur o‘simlikning genotipi bilan bog‘liq va u changdonni ochilmay qolishi natijasida chang donalarida regeneratsiya sodir bo‘lishi yoki changchi ipini degeneratsiyasi tufayli bo‘ladi.

Xulosa
Sterillik chang donalarida tetrada mikrospora hosil bo‘lgandan keyin boshlanib, u sinxron-bardavom ro‘y bermasligidan boshlanadi. CHang donalarining regeneratsiyasiga doir belgilar ilgariroq, boshqalarida kechroq boshlanadi. Bir yadroli chang donalarining sitoplazmasida vakuolanish kuchayib, mayda vakuolalar birlashmaydi, sitoplazma ko‘piksimon ko‘rinishni hosil qiladi. Bu holatlar chang donasining fertilligini yo‘qolishiga olib keladi.
Otalik gametofitning evolyusiyasi. Bu sohaning mutaxassislarida ikkita nuqtai nazar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, gulli o‘simliklardagi otalik gametofit o‘ta redutsirlangan anteridiy undagi ikkita spermiy spermatozoidlarning gomologlaridir. Vegetativ hujayra va chang nayi anteridiy devorini gomologi deb hisoblaydi.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko‘ra, gulli o‘simliklarning gametofiti o‘ta soddalashganki, uni anteridiy bilan taqqoslash mumkin emas. Hujayra va yadroning bo‘linishlari otalik gametofitning shakllanishida saqlanib, u ikki marta bo‘linadi holos. Bu bo‘linishning birinchisida vegetativ va generativ hujayralar hosil bo‘ladi. Ikkinchi bo‘linishda esa generativ hujayradan ikkita spermiy hosil bo‘ladi degan xulosaga kelishgan.
Biz yuqorida voyaga etgan otalik gametofiti ikki va uch hujayrali bo‘lishini, kuzatdik. Ulardan ikki hujayralisi ko‘p uchraydi. U yoki bu tipdagi changlarni bo‘lishi ko‘plab oilalarga mansub o‘simliklarda doimo uchraydi. SHu boisdan u sistematik belgi sifatida qabul qilingan. Biroq ayrim oilalarga mansub o‘simliklarda har ikkala tipdagi otalik gametofit uchrashi, filogenetik jihatidan ikki hujayrali otalik gametofit, primitiv belgi hisoblanib, uch hujayrali otalik gametofit ancha progressiv deyiladi, u tuzilishi jihatidan yuksak darajali o‘simliklarga xos belgi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. V.M. Pakulova, V.I. Kuznetsova. Metodika prepodavaniya prirodoveniya. Moskva ... Prosveshenie. 1990.


2. A.G. Grigoryants. Tabiatshunoslikn o’qitish. Toshkent “O’qituvchi”. 1992 yil.
3. www.ziyonet.uz
Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling