’zbekisto
Download 66.17 Kb.
|
20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- A D AVLAT U N I V E RSIT E TI SIRT Q I B O ’LI M I Biologiya
- Tapetum qavatli xujayraning tuzilishi va sitokimyosi hujayralarning hosil bo‘lishi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI Biologiya yo’nalishi 20-123-guruh talabasi Abdullayeva SHoxsanam Sitoembrologiya fanidan M U S T A Q I L ISHI Tapetum qavati hujayralarining tuzulishi uning chang donalarini xosil bo’lishdagi axamiyati Reja: 1. Tapetum qavatli xujayraning tuzilishi va sitokimyosi. 2. Vegetativ generativ xujayraning vazifasi. 3. Spermiogenez. 4. Chang donasi pustiningtuzilishi. 5. Otalik gametofitining evolyusiyasi. 6. Meyozning zigota, gameta va spora tipi. 7. Xulosa 8. Foydalanilgan adabiyotlar Tapetum qavatli xujayraning tuzilishi va sitokimyosi hujayralarning hosil bo‘lishi. Bir yadroli chang donasining bo‘linishi mitoz usulida amalga oshadi (2-rasm. s-щ; 4,a). Bo‘linish urchuqlari metafazada, chang donasini po‘stiga nisbatan ko‘ndalang holda joylashadi. Bo‘linish urchug‘ining bir tomoni chang donasining po‘sti yaqinida, ikkkinchi tomoni sitoplazma yuzasiga yaqin, vakuola yonida joylashadi. Bo‘linish urchug‘ining po‘stiga yaqin ko‘ndalang joylashganligi tufayli hujayrani ikkiga bo‘ladigan yassilik bitta hujayra uchun sitoplazmaning oz qismini, sitoplazmaning qolgan qismi ikkinchi boshqa hujayrani hosil qiladi (4-rasm.b-g). Buning natijasida bir yadroli chang donasi teng qismlarga bo‘linmaganligidan turlicha kattalikdagi ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Kichkina hujayra generativ yoki spermatogen, katta hujayra esa vegetativ yoki sifonogen deb ataladi Generativ hujayraning po‘sti hosil bo‘lishi bilan unda kalloza to‘plana boshlaydi. Bu jarayonda hujayrani chang donasidagi holati qat’iy belgilanadi. Generativ hujayraning po‘stida kalloz qisqa vaqt 12 soat mobaynida hosil bo‘ladi. Bu davrda generativ hujayra yumshoqlana boshlaydi, chang donasining po‘stidan ajaraladi, shundan so‘ng kalloza yo‘qoladi. Bu vaqtda generativ hujayraning po‘sti vegetativ hujayraning asl po‘stidan ajraladi Chang donasini po‘stidan ajralgan generativ hujayra, uning o‘rtasiga o‘ta boshlaydi. Uning harakati davomida yumaloq ko‘rinishdan, dastlab oval, keyin cho‘ziq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Generativ hujayraning harakati va uni cho‘ziq shaklga kelishi mikronaylar vositasida ro‘y beradi. Generativ hujayrani chang donasini devoridan ajralishida mikronaylar uning po‘sti yaqinida zichlashadi, bir biriga parallel holda generativ hujayrani o‘qiga nisbatan har tomonidan o‘raydi. Chang donasi hosil bo‘lishining dastlabki davrida vegetativ va generativ yadrolar o‘zaro kam farq qiladi, ular yumaloq, Felgen reaksiyasini faol, namoyon qiladi Interfazaning boshlanish davrlarida vegetativ va generativ yadrolarda xromatin ingichka uzun tolalar ko‘rinishida bo‘ladi. Chang donasi rivojlanib borgan sari yadroning tuzilmalari o‘zgarib, o‘zaro farqlanadigan holga keladi . Generativ hujayra chang donasini o‘rtasiga surilishi davrida yadrodagi xromatin tig‘izlashadi. Yadroni o‘lchami kichiklashadi va u yo‘qola boshlaydi. Vegetativ yadrodagi o‘zgarishlar aksincha, xromatinni siyraklanishi bilan sodir bo‘ladi. Vegetativ yadro aniq shaklini yo‘qotadi, xromatin iplar dekondensatsiyalanib, yadrocha yo‘qoladi. Chang donalarining rivojlanishi tamaki, liliya, piyoz, tradeskansiya kabi ayrim o‘simliklarda vegetativ va generativ hujayrani hosil bo‘lishi bilan tugaydi. Download 66.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling