Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
– Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi negizidagi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUZUVCHILAR
5330600 – Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi negizidagi:
– 5A330101 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha), magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya Dastur - 5A330101 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5330600 – Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. TUZUVCHILAR: Kerimov K.F. – Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi mudiri, DSc. Raxmonov A.T – Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi dotsenti. Dastur Dasturiy injiniring fakultetining 2021-yil 2-iyuldagi №12-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. KIRISH Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilishning majmuasini qamrab oladi. Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini chuqurlashtirish va kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter va dasturiy injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy- tatqiqot institutlari, ilmiy-tatqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tatqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. 5330600 – Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330101 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi va 5330600 – Dasturiy injiniring o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “Tizimli dasturlash” va “Web ilovalarni yaratish”, “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari” bo‘yicha imtihon savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling