jiddiy tus oldi.
Shubhasiz, bu 1970-1980-yillardagi katta ijodiy kuch-imkoniyatini
harakatga keltiruvchi va amaliy foydalanishga turtkiberuvchi ruhiy rag’bat o’laroq
e’tirof etilishi mumkin.
Ikkinchi” Ijodiy kuch va imkoniyatlar doirasining kengayishi ham soha rivoji
uchun zarur omillardan biri edi. Zero, 1970-1980-yillarda juda kuchli
ijodiy salohiyat
ta’minotiga ega bo’ldi. Malakali haykaltaroshlar tayyorlashga ixtisoslashgan rus
badiiy oliygohlarini tamomlagan tajribali yosh kadrlar sonining yanada ko’payishi
dastgohli haykaltaroshlikda ijodiy kuchlanishni vujudga keltirdi. Bular A. Parelman
(1969), V. Feodorovich (1975), A. Ovsepyan (1976), A. Abdug’aniyev (1980), T.
Esonov (1981), R. Qoratoyev (1982), M. Obloqulov (1983), M.
Rahmonberdiyev
(1984), A. Xotamov (1985) lardan iborat bo’lib, soha rivojida jiddiy ta’sir
ko’rsatdilar.
Dastgohli haykaltaroshlikning oldingi davridagi mavzuli xususiyatlari endilikda
murakkab kompozitsion tus ola boshladi. Pirovardida ijodiy jarayonda an’anaviy
uslublardan farq qiluvchi yangi yondashuvlar yetakchi o’ringa ko’tarildi. Nafaqat
Rossiya maktabi namoyondalari, balki Toshkent badiiy ta ’lim
muassasalarini
tamomlaganDamir Ro’ziboyev, Ulug’bek Mardiyev, To’lagan Tojixo’jayev, Ilhom
Jabborovlar bu jarayon an’analarini puxta o ’zlashtirdilar.20
Mustaqillik davri haykaltaroshlik san’atida ko’p
asrlik noyob badiiy, milliy
hamda xorijiy an’analar mujassamdir. Uni bugungi kunda turli avlod rassomlari har
xil ijodiy uslubiy yo’nalishlarda
akademik realizm, avangard, postmodernizmda
namoyish etmoqdalar. Ba’zi rassomlar mahobatli haykaltaroshlikda ishlashni ma’qul
ko’radilar, boshqalari samarali izlanishlarini dastgohli plastikada uyg’unlashtiradilar.
O’zbekiston haykaltaroshligi mustaqillikning 15 yili davomida” ko’rgazmasi ijodning
bu turi rivojidagi asosiy yo’nalish
va muammolarni aniqlashga, zamonaviy holatiga
baho berishga mazkur davr ijodiy izlanishining o ’ziga xos badiiy dunyoqarashi va
Do'stlaringiz bilan baham: