go’zallik oshiyoni. Bu yerda har bir ijodkorning o’z qo’li, o’z yo’li, o’z
uslubi
bor. 1960-1970-yillarda yaratilgan Ilhom Jabborov nomini elga tanitgan mashhur
asarlari “Mashrab”, “Hayol”, “To’yga chorlov”, “Kelin”, “Sevishganlar”, “Qiz”
kabilardir. Ayniqsa, uning “Hayol” nomli kompozitsiyasi diqqatga sazovordir.
O’zbekiston komsomolining ilk tashkilotchilardan
biri Abdulla Nabiyevning
Qo’qonda o’rnatilgan haykali uchun uni mukofot bilan taqdirlashgan edi. Bu mukofot
uni yangi ijod ufqi sari chorladi. Ko’p o’tmay u Toshkent metrosining Hamid Olimjon
stansiyasida shoirning yodgorligini ishladi. Poytaxtning
Sobir Rahimov nomli bolalar
bog’ida xalqimizning sevimli shoiri Furqat (1982) haykalini yaratdi. Uning asarlarida
milliylik, xalqimizning urf-odatlari mahorat bilan tasvirlanadi.
Ilhom Jabborov har bir
asarni bunyod etishi uchun o’nlab kitoblarni mutolaa qiladi. Tinmay izlanadi. Uning
Namangandagi Alisher Navoiy nomli musiqali dramma teatri oldida o’rnatilgan
“Xamsa” (1982) kompozitsiyasi uning ijodida alohida o’rin tutadi.
Bu klassik asarga
murojaat etish, uning faoliyatida yangi bir yo’nalishni boshlab berdi.27
Uning “Zamondoshlarimiz obrazi” turkumida yaratgan asarlari ham e’tiborga
molikdir. Bu turkum asarlarini yaratish uchun Ilhom Jabborov ko’p o’qish ustoz
san’atkorlar ijodini qunt bilan o’rganishdan
tashqari odamlarni, hayotni o’rgandi. U
ikki yil davomida respublikamizning turli shahar va qishloqlarida bo ’ldi,
cho’lquvarlar, paxtakorlar, suvchilar, sog’uvchilar va mexanizatorlar, keksa dehqonlar
bilan uchrashdi. Ularning
turmushi, orzu-o’ylari bilan yaqindan tanishdi. Ana
shunday izlanishlar va uzoq qilingan mashaqqatli mehnatdan so’ng 1970-yillar
o’rtalarida “Sog’uvchi Jamila”, “Suvchi Jamol”, “Ona”, “Traktorchi Sayfi Rahmon”,
“Keksa paxtakor Ziyoyev” kabi o’nlab asarlar dunyoga keldi. Bu asarlarning har biri
o’z “shaxsi”, ichki dunyosi va qiyofasi bilan bir-biridan tamomila farq qiladi.
Yosh ijodkorning gipsdan yasalgan “Keksa paxtakor Ziyoyev” (1975)
portreti
yuzlari saraton quyoshida qoraygan, soch-soqoli qordek oppoq mehnatkash o’zbek
dehqoni. U butun hayotini ona yurt baxtiga, ona yerga bag’ishlagan. Mushtdayligidan
Do'stlaringiz bilan baham: