Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Download 2.8 Mb.
bet116/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Tezkor boshqarish – rasmiy o‘yindan oldin raqib jamoasi o‘yin modeli (so‘nggi vaqtdagi o‘yin natijalari) o‘yinchilarga eslatiladi, qarshi qo‘llaniladigan taktik modellar (usullar, taktik kombinatsiyalar xotirada mukammallashtiriladi). O‘yindan oldin muhim ko‘rsatmalar, maslahatlar va tavsiyalar beriladi. O‘yinoldi «razminkasi» mazmuni, mohiyati va yo‘nalishi belgilanadi, qo‘llaniladi hamda boshqariladi.
O‘yinda asosiy zaxira tarkiblarini ishtirok etishi avvaldan tuzilgan taktik reja asosida amalga oshiriladi. Raqib o‘yinchilarning kuchli va zaif tomonlari hisobga olinadi hamda ushbu omillardan samarali foydalanish choralari ko‘riladi.
O‘yin davomida, tanaffuslar va ba’zi to‘xtalishlar vaqtida o‘yinchilarga muhim ko‘rsatmalar berib boriladi. Ko‘rsatmalar so‘z yoki imo-ishoralar bilan berilishi mumkin.
Tezkor boshqarish samaradorligini ta’minlashda uzatuvchi o‘yinchi, yetakchi (lider), jamoa sardori va murabbiy o‘rtasidagi uzviy aloqa muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy boshqarish nafaqat o‘yin davomida, balki butun musobaqa siklida «erta-yu kech» vaqtlarda amalga oshiriladi. Bunda jamoaning kun tartibi, ovqatlanishi, ertalabki zaryadka, kechki uyqu, madaniy-maishiy tadbirlar boshqarish va nazorat doirasiga kiritiladi.


24-andoza
Musobaqada jamoani boshqarish jarayoni quyidagi andoza bo‘yicha ifodalanishi mumkin:
Jamoani boshqarish va boshqaruv natijalari (shu jumladan, o‘yinlar natijalari) muntazam tahlil qilinadi va o‘ynchilar ishtirokida barcha kamchiliklar o‘rganiladi hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Musobaqada jamoani boshqarish turlari va tartibi 24-andozada aks ettirilgan.
«Musobaqalarda jamoani boshqarish»
mavzusi bo‘yicha nazorat savollari

1. Musobaqalarda jamoani boshqarish jarayoni qanday xususiyatlarga ega?


2. Musobaqada jamoani boshqarish tartibi, mazmuni va maqsadi qanday omillar bilan izohlanadi?
3. Musobaqada jamoani samarali boshqarish uchun qanday omillarga asoslaniladi?
4. Musobaqa oldidan, musobaqa davomida va musobaqa yakunida jamoani boshqarish qanday mazmunga ega bo‘ladi?

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling