Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Download 2.8 Mb.
bet114/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

JAMI:

-

1560 s

Bir tayyorgarlik yilida mashg‘ulotlar soni 460 tani tashkil etadi. Shug‘ullanuvchilar soni 12 kishi. Musobaqalar soni 70 ta atrofida bo‘lishi mumkin.


Voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligi quyidagi me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida baholanadi (erkaklar):
- Tezkorlik – «archasimon» yugurish (94 m):
- uzatuvchi o‘yinchilar – 22,0-22,5 sek;
- hujumchi o‘yinchilar – 23,0-23,5 sek;
- Joydan vertikal sakrash:
- uzatuvchi o‘yinchilar – 85-80 sm;
- hujumchi o‘yinchilar – 90-85 sm;
- Yugurib kelib sakrash:
- uzatuvchi o‘yinchilar – 345-340 sm;
- hujumchi o‘yinchilar – 355-350 sm.
Texnik-taktik tayyorgarlik:
- to‘p kiritish – 45-50%;
- birinchi to‘pni uzatuvchiga yetkazib berish – 75-80%;
- Hujum:
- muvaffaqiyatli – 50%;
- muvaffaqiyatsiz – 10%;
- samaradorlik – 40-42%;
- To‘siq qo‘yish:
- foydali to‘siq – 50%;
- muvaffaqiyatli – 15%;
- muvaffaqiyatsiz – 5%.

Yuqori malakali voleybolchilar tayyorlash jarayonini boshqarish






23-andoza
Mashg‘ulotlar odatda kuniga 2 marta o‘tkaziladi. Ertalbki mashg‘ulot aksariyat o‘yin texnikasi, taktikasi va taktik kombinatsiyalarni takomillashtirish, yangi texnik-taktik modellarni o‘zlashtirishga bag‘ishlanadi.
Kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yuqori shiddatda turli o‘yin modellarini o‘zlashtirish, ustuvor taktik modellar asosida o‘yin mashg‘ulotlarini tashkil qilishga mo‘ljallanadi.
Yuqori malakali voleybolchilar mashg‘ulotlarida ish qobiliyatini takomillashtirish, keskin yuklamalardan so‘ng uni tiklab borish va shu qobiliyatni kuchaytirish choralarini qo‘llashga qaratiladi.
Nazariy mashg‘ulotlarda bo‘lajak raqib jamoalar o‘yin modellari videomateriallar asosida o‘rganiladi va shu modellar amaliy mashg‘ulotlarda sinab boriladi hamda shakllantiriladi.
Mazkur toifali voleybolchilarda tayyorgarlik turlari (jismoniy, texnik-taktik)ning shakllanish dinamikasi maxsus me’yoriy test mashqlar yordamida muntazam nazorat qilinadi. Olingan natijalar asosida mashg‘ulotlar mazmuni, hajmi, shiddati, muddati va yo‘nalishlarga maqsadli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mashg‘ulotlar samaradorligini aniqlash va rasmiy musobaqa-larga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida har haftada nazorat o‘yinlari, modellashtirilgan o‘yinlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilib turilishi darkor. Yuqori malakali voleybolchilar tayyorlash jarayonini tashkil qilish tartibi 23-andozada keltirilgan.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling