Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Download 2.8 Mb.
bet91/126
Sana15.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1773974
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)

Dasturni tuzilishi. Dasturda dastavval qisqacha muqaddima yoki tushuntirish xati beriladi. Unda shug‘ullanuvchi haqida ma’lumotlar (bo‘yi, vazni, yoshi, o‘yin ampluasi va h.k.) keltiriladi.
So‘ngra o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslublari, vositalari tayyorgarlik turlari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tiladi. Yangi, ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanish, samarali taktik kombinatsiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash choralari belgilanadi.
Barcha tayyorgarlik turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarga ajratiladigan yuklama hajmi, shiddati, yo‘nalishi tabaqalashtirilgan holda aks ettiriladi.
Voleybolchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasi (1-razryad, sport ustasi) mo‘ljallangan me’yoriy, model va real talablar hamda test sinovlari turlari belgilanadi.
Bundan tashqari har bir shug‘ullanuvchiga alohida individual reja ishlab chiqiladi.
Mazkur reja quyidagi tartibda ishlab chiqilish mumkin:
1. Shaxsiy ma’lumotlar.
2. Sport-texnik tavsifi.
3. Maqsadi va vazifalari.
4. Tayyorgarlik turlari bo‘yicha bajaradigan vazifalari va o‘zlashtiradigan imkoniyatlar.
5. Tayyorgarlik jadvali.
6. Tibbiy-biologik nazorat.
Joriy rejalashtirish. Joriy rejalashtirish alohida bosqichlarga yoki muddatlarga tuziladi. Joriy rejalashtirish o‘z ichiga ishchi reja, grafik, trenirovka mashg‘ulotining reja-bayonnomasi va mashg‘ulot jadvalini kiritadi (13,14 va 15-jadvallar).
Bundan tashqari tezkor reja-mashg‘ulot bayonnomasi tuziladi. Mashg‘ulot bayonnomasi avvaldan qabul qilingan shakl bo‘yicha shu mashg‘ulotning mavzusi va vazifalari asosida o‘ziga xos mazmunda hamda tartibda ishlab chiqiladi.


13-jadval


O‘quv mashg‘ulot jarayonining ishchi rejasi shakli




Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling