Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти
Mashg‘ulotning tartib raqami
Download 2.8 Mb.
|
Voleybol nazariyasi va uslubiyati (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajm bo‘yicha Shiddat bo‘yicha
- Yillik tayyorgarlik grafigi
- Bahorgi-yozgi Davrlar Tayyorlov Musobaqa
- Mashg‘ulot bayonnomasi shakli
- 14.3. Pedagogik va tibbiy-biologik nazorat
- Musobaqa ko‘rsatkichlari (%) Hujumda
- O‘yin samaradorligi (%) Texnik-taktik usullar va o‘yin samaradorligini aniqlash uslubiyati
14-jadval Yillik tayyorgarlik grafigi
15-jadval Mashg‘ulot bayonnomasi shakli
14.3. Pedagogik va tibbiy-biologik nazorat Sportchilar tayyorlash jarayonini samarali boshqarish puxta ishlab chiqilgan rejalashtiruv hujjat (dastur)lariga bog‘liqligi isbot talab qilmaydi. Lekin, rejalashtiruv hujjatlarini puxta ishlab chiqilishi ustuvor jihatdan pedagogik va psixofiziologik nazorat natijalariga asoslanishi shart. Binobarin, ko‘p yillik tayyorgarlik davomida yuqori malakali sportchilar tarbiyalash jarayonini boshqarishda nazorat sinovlarini muntazam o‘tkazish va olingan natijalarga asoslanish zamonaviy sport amaliyotining muhim hamda ustuvor shartlaridan biridir. Murabbiyning faoliyatida boshqarish funksiyasi «murabbiy (subyekt) ↔ sportchi (obyekt) ↔ murabbiy (obyekt)» shaklidagi uzviy bog‘langan tizim asosida amalga oshirilishi darkor. Ushbu tizimda murabbiyning kasbiy-pedagogik faoliyati (KPF) quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi tavsiya etiladi . O‘quv-mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini nazorat qilishda quyidagi uslublardan foydalanish mumkin: - mashg‘ulot va musobaqa jarayonini videotasvirga tushirish, stenografik usulda yozish, xronometraj olib borish: bunda quyidagi ko‘rsatkichlar e’tiborga olinishi lozim: - jismoniy sifatlar, texnik-taktik tayyorgarlikni test sinovlari yordamida baholash; - kuzatish va mahoratni ekspert usulda baholash; - psixologik sifatlar (reaksiya, ko‘rish kengligi, vaqt-oraliqni his qilish, xotira, diqqat, fikrlash, iroda va h.k.) va emotsional – motivatsion faollikni maxsus testlar asosida aniqlash; - funksional imkoniyatlar (nafas, yurak faoliyati, qon bosimi, analizatorlar va h.k.)ni maxsus testlar yordamida aniqlash. Mazkur nazorat tadbirlarini amalga oshirishda zaxiradagi o‘yinchilar, yordamchi murabbiylar, ilmiy xodimlar, psixologlar va shifokorlarning hamkorlikdagi faol ko‘magi alohida ahamiyat kasb etadi. Murabbiy o‘zining boshqaruv faoliyatida ushbu nazorat natijalari, ularni qiyosiy tahlili va berilgan tavsiyalardan unumli foydalanishi darkor. 12 va 13-andozalarda voleybolchilar tayyorlash jarayonini boshqarishda asoslanadigan omillar hamda rejalashtirish hujjatlarining turlari aks ettirilgan. 16-jadvalda esa o‘quv-mashg‘ulot jarayonini nazorat qilish uslublari va me’yoriy testlari berilgan. Musobaqa ko‘rsatkichlari (%) Hujumda: - to‘p kiritish – ochkoli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va murakkablashtirilgan ( ); - uzatish (2-chi to‘pni) – muvaffaqiyatli (aniq +), muvaffaqiyatsiz (noaniq -) va noaniq, lekin o‘yinda qolgani (- +); - zarba - muvaffaqiyatli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va o‘yinda qolgani ( ); Himoyada: - hujumchi va to‘siqchilarni qo‘riqlash (straxovka) - muvaffaqiyatli (+) va muvaffaqiyatsiz; - kiritilgan to‘pni va zarbani qabul qilish – «yetkazish» - muvaffaqiyatli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va o‘yinda qolgani ( ); - to‘siq qo‘yish - muvaffaqiyatli (+), muvaffaqiyatsiz (-) va o‘yinda qolgani ( ); O‘yin samaradorligi (%) Texnik-taktik usullar va o‘yin samaradorligini aniqlash uslubiyati HK – o‘yinchi hamda jamoa harakati koeffitsiyenti. Yuqorida qayd etilgan har bir o‘yin usuliga xos harakat samaradorligi uning muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz, vaziyatni qiyinlashtirilishi yoki to‘pni o‘yinda shunchaki saqlanib qolishiga doir ko‘rsatkichlarga asosan aniqlanadi. IHK – ijobiy harakat koeffitsiyenti – ijobiy natija (+) – ochko olish; SHK – salbiy harakat koeffitsiyenti. Salbiy natija (-) – ochko yutqazish; NHK – nisbiy harakat koeffitsiyenti yoki har bir o‘yinchining ijobiy va salbiy harakatlar koeffitsiyentlarining nisbati. Masalan, hujumda HK hammasi bo‘lib 100 marta zarba berilgan. Yutuq (+) 50 zarba. Mag‘lubiyat (-) 20 zarba. O‘yinda qoldi ( ) 30 zarba. Hujum natijasi foiz (%) hisobida.
Shunday qilib, NHK yoki samarasi barobar. NHK = IHK – SHK = samara. Samara = “+” – “-” = farq. % = 50% - 20% = 30%. IHNK – ijobiy harakatlarning nisbiy koeffitsiyenti. O‘z jamoasining va qarshi jamoaning yutuq nisbiyligi (+). Masalan, jamoaning o‘zi 42 ochko yutdi, qarshi jamoaning o‘zi 30 ochko yutqazdi. SHNK – salbiy harakatlarning nisbiy koeffitsiyenti. O‘z jamoasi va raqib jamoaning yutqazgan ochkolari. Masalan, o‘z jamoasi 13 ochko yutqazdi, qarshi jamoa o‘zi 30 ochko yutqazdi. HIK – harakat yig‘indisi koeffitsiyenti. O‘z jamoasi yutgan ochkolar yig‘indisi va raqib jamoa yutqazgan ochkolar yig‘indisi va aksincha. Masalan, o‘z jamoasi 42 ochko yutdi, raqib 30 ochko yutqazdi, demak, ochkolar 72 ga teng bo‘ldi. Aksincha, raqib o‘zi 30 ochko yutdi, o‘z jamoasi 13 ochko yutqazdi. Ochkolar yig‘indisi 43 ga teng bo‘ldi. Demak, ochkolar nisbati 72:43 ni tashkil etdi. 12-andoza Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling