Zbekiston respu blikasi xalq


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
Bog'liq
giologiya

Deflyatsiya.  Shamol  faqat  tekis  yerlardagi  jinslarni  uchiribgina  qolmasdan,  barcha  o’nqir-

cho’nqirlarga,  qoya  toshlarning  xamma  kamarlariga  kirib  borib,  yemirilgan  mayda  jinslarni  xam 

uchirib  ketadi.  Bu  xodisa  deflyatsiya  deyiladi.  Deflyatsiya  xarakati  tog’  jinslari  qatlamlarining 

(ayniqsa gorizontal xolda yotganini) yon tomonlarini silliqlaydi, yemirib donalarga ajratib uchiradi, 

natijada xar xil shakllar: minorasimon, stol, ustun, qurbaqa sallasiga uxshash shakllar hosil bo’ladi. 

Deflyatsiya  jarayoni  natijasida  yuqorida  aytib  o’tilgan  jinslar  yemiriladi,  mayda  donachalarni 




shamol  uchirib  ketadi  va  u  joylarda  xar  xil  shakllar  hosil  bo’ladi.  Yer  yuzasiga  yaqin  joylardagi 

bo’sh jinslarni shamol uchirib ketadi, uning o’rnida xovuzsimon relyef hosil bo’ladi. Bunday joylar 

eol  qozoni  deb  ataladi.  Bunday  chuqurliklarda  yog’inlarning  to’planishidan  vaqtli  ko’lchalar  yoki 

botqoqliklar  hosil  bo’lishi  mumkin.  Ko’pincha  cho’llarda  bunday  joylarda  loyqa  to’planib,  yozda 

qurib qolib yorilib-yorilib ketadi va bu yerlar taqir deb ataladi.  

Korroziya.  Korroziya  so’zi  lotincha  bo’lib  silliqlash,  o’yish,  tekislash  demakdir.  Shamol  qum 

donachalarini  uchirsa,  qattiq  tog’  jinslariga  uriladi  va  ularni  shamolga  qarshi  tomonini  qiradi, 

o’yadi,  silliqlaydi.  Shamoning  ana  shu  bajargan  geologik  ishiga  karroziya  deyiladi.  Shamol  olib 

borayotgan  qum  odatda  yer  yuzasidan  2-3m  balandda  uchadi;  shuning  uchun  korroziya  qoya 

toshlarini tagini eng ko’p o’yadi;  

Shamol qum donachalarini tuxtovsiz qattiq kuch bilan tog’ jinslariga urishi natijasida ularda 1,5-

2m keladigan chuqurchalar hosil bo’ladi. Shamol yumshoq jinslar orasidagi toshlarni ochib, tozalab 

ketadi. Karroziya qattiq cho’kindi jinslarni uyib, kichik-kichik chuqurlar hosil qiladi; ba'zan bunday 

jinslar  juda  jimjimador  bo’lib  qoladi.  Cho’llarda  shamolning  ta'siri  natijasida  qumtepaliklar  ya'ni 

barxanlar hosil bo’ladi. Barxnlarning balandligi 2m dan 30m gacha, ba'zan 50-100m gacha yetishi 

mumkin. Barxanlar siljib turadi, masalan 1 yilda o’rta xisobda 2-10m gacha, ba'zi xollarda 100- 150 

m  gacha  siljiydi.  Dengiz,  ko’l  va  daryo  soxillariga  to’lqin  chiqarib  tashlagan  qumlarni  shamol 

uchirib,  quriqlik  ichkarisiga  olib  ketishi  va  soxil  buylab  yotqizishi  mumkin.  Dengiz  yoki  daryo 

buyidagi  qumtepaliklar  dyunalar  deyiladi.  Dyunalarning  balandligi  20-25m  gacha  ,  ba'zan  katta 

dengiz  soxilida  20m  gacha  yetishi  mumkin.  Ular  ham  siljib,  bir  yil  ichida  100m  dan  200m  gacha 

yo’l bosishi mumkin. 

Shamol  keltirgan  yotqiziqlar  eol  yotqiziqlar  deyiladi.  Eol  yotkiziklari  o’z  xususiyati  va  shakli 

bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi. Eol yotqiziqlariga qumdan tashqari, tabiatda keng tarqalgan 

lyoss (soz tuproq) xam kiradi. 




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling