Oroganogyen oxaktoshlar asosan dengiz mallyuskalarining chig’anoqlari, marjonlar, mayda
dengiz xayvonlari xamda o’simlik qoldiqlaridan paydo bo’ladi. Bunday jinslar tuzilishi serg’ovak
va g’alvirak bo’lib, keng tarqalgan. Xajmiy og’irligi 1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o’zgaradi.
Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo’lib, panjalar bin
ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg’ish yoki bo’zrang bo’ladi.
Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining cho’kishidan
hosil bo’ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi.
Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo’lgan yer osti suvlarining yon bag’irliklardan yer
yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to’planadigan serg’ovak jinslardir. Quruq xoldagi
mustaxkamligi 80MPa.
Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan
mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo’lib, qat-qat
yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa.
Do'stlaringiz bilan baham: |