Zbekiston respu blikasi xalq


Fosfatli  jinslar  yoki  fosforitlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/119
Sana01.11.2021
Hajmi0.87 Mb.
#170132
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
Bog'liq
giologiya

Fosfatli  jinslar  yoki  fosforitlar.  Bunday  jinslar  dengizlarning  sayoz  joylarida  biohimik 

jarayonlar natijasida paydo bo’ladi.  Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar ichida R2O5 ning miqdori 

20 - 45% ga yetsa, ular fosforitlar deb ataladi. 

Organik  (cho’kindi)  tog  jinslari.  Dengiz  va  okeanlar  tubida  hayvon,  o’simlik  hamda  halok 

bo’lgan  organizmlar  qoldigining  to’planishidan  organogen  jinslar  hosil  bo’ladi.  organogen  jinslar 

sergovak bo’lib, suvda eriydi, tashki kuch ta'sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar 

-  diatomit,  trepel,  opoqa  va  kaustobiolitlar  -  tosh  ko’mir,  qo’ngir  ko’mir,  antrotsit,  ozokerit, 

yonuvchi slanetslar, torf, neft, asfalt va boshqalar kiradi.  



Diatomit  -  bo’shroq  tsementlangan  diatom  suv  o’tlaridan  tarkib  topgan,  sergovak,  oq,  och 

ko’lrang sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80 

-95 % ni tashkil etadi.  

Tryepyel  tashqi  ko’rinishidan  diatomitdan  uncha  farq  qilmaydigan,  oq,  och  kulrang  yoki 

sarg’ish  tusli,  ko’lda  tez  uqalanadigan,  namni  o’ziga  tez  yo’tuvchi  kremniyli  jins.  Trepel  yengil, 

tuproqsimon  jins  bo’lib,  gil  zarralari  bilan  aralashgan  opal  mineralidan  tarkib  topgan.  Hajmiy 

og’irligi 250 - 1000 kgG`m3 . 



Opoka  trepelga  nisbatan  zich  va  qattiq,  och  hamda  to’q  bo’zrangli,  g’ovakli  jins.  Tarkibi 

asosan,  opal  minerali  zarrachalaridaan  iborat  bo’lib,  ba'zan  bunga  juda  ko’p  qum  kremniyli 

organizm qoldiqlari aralashgan bo’ladi. 

Ko’mir  tarkibidagi  uglerod  strukturasi  va  miqdoriga  ko’ra  ko’ngir  ko’mir,  toshko’mir  va 

antratsitga bo’linadi.  

Ko’ngir ko’mir tarkibida 69 % karbon bo’lib, qolgan qismi vodorod, kislorod, azotdan iborat. 

U  tarkibida  o’simlik  qoldiqlari  saqlangan  torfning  tosh  ko’mirga  o’tish  bosqichida  to’planadi.  U 

qo’ngir-qora, qo’ngir-jigarrang bo’lib, yahshi maydalanadi. 

Toshko’mir  tarkibida  karbon  80%,  kislorod  13%,  vodorod  5%,  azotning  miqdori  juda  ham 

kam.  Tuzilishi  zich,  qo’ngir  ko’mirga  nisbatan  qattiq,  sirti  moylangandek,  yaltiraydi,  rangi  qora, 

qoramtir kulrang.  

Antratsit  tarkibida  95  %  karbon  bo’lib,  qolgan  qismi  kislorod  va  vodoroddan  iborat.  Uning 

tarkibida azot juda oz bo’ladi. toshko’mirga nisbatan juda ham qattiq bo’lib, tuzilishi zich va qat-

qat,juda yaltiroqdir. Rangi qora bo’lib, ko’lga yo’qmaydi. 

Nyeft-mutloq  himiyaviy  tarkibga  ega  bo’lmagan  murakkab,  o’ziga  hos  hidli  suyo’qlik.  Neft 

parafin,  naftalin  va  aromatik  qatoriga  qiruvchi  suyo’q  uglevodorodlarning  aralashmasidan  iborat. 

Bundan  tashqari  neft  tarkibida  ozroq  oltingugurt,  azot,  neft  kislotasi,  suv  noorganik  moddalar 

aralshmasi  ham  bo’ladi.  u  sargish,  yashil,  qo’ngir  rangli  bo’lib,  moyga  uhshab  yaltiraydi.  Neft 

tabiatda tarqalgan hamma geologik davr yotqiziqlari ichida uchraydi. 

Asfalt (tog simolasi) - qo’ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80% karbon, 10% 

kisloraddan  iborat.  Zichligi  1  -  1,23  .  Rangi  qora  bo’lib,  smoladik  yaltiraydi,  bitumning  hidini 

beradi. 

                       




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling