Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


-chizma. Narx belgilash uslublari


Download 1.33 Mb.
bet259/337
Sana09.01.2022
Hajmi1.33 Mb.
#261055
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   337
Bog'liq
menejment va marketing asoslari fanidan oquv uslubiy qollanmaТАТУ

35-chizma. Narx belgilash uslublari
Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.

Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning bu usuli tez-tez qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi.



Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani ko’zlab narx qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi 36-chizmada ko’rsatilgan.

Bu grafikda yalpi daromad, foyda va jami xarajatlarning sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Keltirilgan 36-chizma ma'lumoti shundan dalolat beradiki, doimiy xarajatlar 300000 so’mga teng bo’lib, sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liq emas. O’zgaruvchan xarajatlar doimiy xarajatlarga qo’shilib jami xarajatlarni tashkil qiladi va uning miqdori sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o’zgarib turadi. Yalpi daromad egri chizig’ining tikkaligi tovar narxiga bog’liq bo’ladi. Bizning misolimizda tovar birligining narxi 20 so’mga teng.




Yalpi daromad

1000




Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling