"Pablik-rileyshne" - jamoatchilik bilan aloqa o’rnatish va jamoatchilik fikrini uyushtirish, korxona va uning tovarlariga yaxshi munosabat shakllantirish.
Pablisiti - mijozlar bilan korxona o’rtasidagi jamoatchilik ijobiy fikrini ommaviy axborot vositalarida shakllantirish, yaxshi ovozalar tarqatish.
Past talab - mo’ljallangan daraja va qondirish imkoniyatlariga nisbatan past bo’lgan talab.
Potentsial bozor - korxonaning tovari (xizmati) qiziqtirishi, jalb etish, ehtiyojini qondirish mumkin bo’lgan iste'molchilar guruhi.
Preferentsiya (afzallik) - shartnoma bo’yicha beriladigan afzallik, imtiyozli sharoit.
Pul - umumiy ekvivalent vazifasini o’tovchi, ya'ni boshqa hamma tovarlar qiymatini ifodalovchi maxsus tovar.
Pul qadri - pulning tovar va xizmatlarni xarid etish, chet el valyutalariga almasha olish qobiliyati.
Psixologiya - insonnig ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok etish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e'tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, fe'l-atvor va mijoz kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |