Jinoyatchi shaxsi tushunchasi
Download 41.61 Kb.
|
Jinoyatchi shaxsining ajratib turuvchi omillar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyatchi shaxsi
- Kriminologiya jinoyatchi shaxsini o‘rganishda inson shaxsi haqidagi quyidagi umumfalsafiy ta’limotlarga asoslanadi
Jinoyatchi shaxsining ajratib turuvchi psixologik omillar. Reja: Jinoyatchi shaxsi tushunchasiShaxsning eng muhim psixologik xususiyatlari Jinoyatchi shaxsining ma’naviy-ruhiy xususiyatlari uning ijtimoiy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxsni muayyan jinoyat subyekti deb topish uchun qonunda belgilangan mezonlar Kriminologiyada jinoyatchi shaxsining tuzilishini tizim sifatida bir necha tizimchalarga ajratib o‘rganiladi. Jinoyatchi shaxsi Jinoyatchi shaxsi kriminologiyaning asosiy masalalaridan biridir. Jinoyatchi shaxsini o‘rganish: shaxsdagi jinoyat sodir etishni taqozo qilgan g‘ayriijtimoiy xususiyat, o‘ziga xoslikning manbalari, shakllanish yo‘li, shakli va mexanizmini, jinoyat sodir etishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga imkon beradi; jinoyatchilikning qonuniyatlarini to‘liq va har tomonlama aniqlashga xizmat qiladi; jinoyatchilik, ayniqsa, retsidiv jinoyatchilik profilaktikasining samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchi shaxsi «jinoyatchi» va «shaxs» tushunchalari birikmasidan tashkil topgan. Bu birikmadagi jinoyatchi huquqiy, shaxs ijtimoiy tushunchadir. «Jinoyatchi shaxsi» tushunchasi keng ma’nodagi ijtimoiy tushuncha bo‘lgan «inson shaxsi» bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ham jinoyatchi shaxsi muammosi inson shaxsi haqidagi falsafiy ta’limotga asoslangan holda o‘rganiladi. Kriminologiya jinoyatchi shaxsini o‘rganishda inson shaxsi haqidagi quyidagi umumfalsafiy ta’limotlarga asoslanadi: inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u shaxs sifatida shakllanadi (insonning «shaxsi» tug‘ilganidan so‘ng shakllana boradi); «shaxs» va «inson» tushunchalari o‘rtasida farq mavjud. «Inson» nisbatan kengroq tushuncha, «shaxs» esa uning faqat ijtimoiy xususiyatlarini ifodalaydi va insonning rivojlanishi davomida asta-sekin shakllanadi; inson shaxs sifatida bir tomondan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar-ning mahsulidir, ya’ni u muayyan ijtimoiy muhitda hayot kechiradi, o‘ylaydi, fikr yuritadi, harakat qiladi. Uning ijtimoiy tajribasi, bilimi, dunyoqarashi, xulqi, xatti-harakati, turmush tarzi yashagan, yashab turgan ijtimoiy muhitning ta’siri va ijtimoiy munosabatlar natijasi; inson shaxs sifatida ijtimoiy muhitning sust mahsuli emas, ya’ni u ayni vaqtda o‘zi yashayotgan ijtimoiy muhitga faol ta’sir ko‘rsatadi, uni o‘zgartirish qobiliyatiga ham ega; har bir inson shaxsi o‘z individualligiga ega, ya’ni inson shaxsi individualligi jihatdan betakror; inson shaxsi bu insoniyat taraqqiyotining mahsuli, u doimo harakatda va o‘zgaruvchan; shaxs va jamiyat dialektik birlikdadir. Download 41.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling