Jinoyatchi shaxsi tushunchasi
Shaxsni muayyan jinoyat subyekti deb topish uchun qonunda belgilangan mezonlar
Download 41.61 Kb.
|
Jinoyatchi shaxsining ajratib turuvchi omillar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Shaxsni muayyan jinoyat subyekti deb topish uchun qonunda belgilangan mezonlar (aqli raso, jismoniy shaxs, jinoyat qonunida belgilangan yoshga to‘lganligi)ni aniqlashning o‘zi kifoya bo‘lgan jinoyat huquqi fanidan farqli o‘laroq, kriminologiyada jinoyatchilik sabablarini o‘rganish uchun jinoyat subyekti haqidagi boshqa ma’lumotlar (demografik, ijtimoiyaxloqiy, psixologik, jinoiy-huquqiy va boshqa belgilar tavsifi) ham zarur.
Jinoyatchi shaxsini odamlar ommasi ichidan ajratib olish ikkita asosiy mezon, ya’ni huquqiy va ijtimoiy belgilari bilan amalga oshiriladi. Faqat huquqiy mezondan kelib chiqilganda jinoyatchi shaxsi chuqur tahlil qilinmay, faqat jinoyat sodir qilgan shaxs sifatida qaraladi. Bunday fikrlash juda ham tor va jinoyatchi shaxsiga xos xususiyatlarni ochib berishga imkon bermaydi. Shuning uchun jinoyatchi shaxsini o‘rganishda ikkinchi, ijtimoiy mezon asosiy o‘rin egallaydi. Ijtimoiy mezonga ko‘ra, jinoyatchi shaxsiga u yoki bu darajadagi jamiyatga zid yo‘nalish yoki eng kamida alohida ijtimoiy zid xususiyatlar xosdir. Bu qoida faqat ashaddiy jinoyatchilarga emas, balki tasodifiy jinoyatchiga ham, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir qilgan shaxslarga ham xosdir. Jinoyatchi shaxsi insonning asosan jinoiy xulq-atvor xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa har xil ko‘rsatkichlarini ham qamrab oladi. Jinoyatchi shaxsini to‘liq tushunish va baholash uchun uning ham ijobiy, ham salbiy xulq-atvorini belgilovchi barcha xislatlari va xususiyatlarini, unga xos bo‘lgan barcha xislatlar tizimida ijtimoiy salbiy xislatlari ulushini hisobga olish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 2..Mejdunarodniy pakt o grajdanskix i politicheskix pravax. Mejdunarodnaya zashita prav i svobod cheloveka. Sbornik dokumentov. M.: Yurid.lit., 1990 g. 3. .Osnovniye prinsipi nezavisimosti sudebnix organov. Mejdunarodniye prava i svoboda cheloveka: Sbornik dokumentov. M: Yurid.lit., 1990 g. 4. Vseobshaya deklaratsiya prav cheloveka. – Prava cheloveka. Osnovniye mejdunarodniye dokumenti: Sbornik dokumentov. M.: Mejdunarodniye otnosheniya. 1989 g. – S. 134-142. 5. Konvensiya o pravovoy pomoshi i pravovix otnosheniyax po grajdanskim, semeynim i ugolovnim delam. (Xo‘jalik va huquq Xozyaystvo i pravo. – Tashkent. 1997, №1-2. S. 58-76). 6. Ugolovno-protsessualniy kodeks Respubliki Uzbekistan. – T.: Adolat, 1999. Download 41.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling