Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


-jadval. Vazirlar va ularning vazifalari


Download 1.33 Mb.
bet37/337
Sana09.01.2022
Hajmi1.33 Mb.
#261055
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   337
Bog'liq
menejment va marketing asoslari fanidan oquv uslubiy qollanmaТАТУ

6-jadval. Vazirlar va ularning vazifalari




Vazirlar

Vazirlarning vazifasi



Mamlakat va raiyat vaziri

- Bu vazir el-yurtning muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat harajatlari, el-yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan.



Sipoh vaziri

- Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko’rgan, sipoh ahvolidan doimo podshohni ogoh etib turgan.



Mol-mulk, daromad, harajatlar vaziri

- Turli sabablarga ko’ra egasiz qolib ketgan er-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig’imiga mutasaddilik qilgan.



Sarkori hossa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir

- Podshohga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.




Qozikalon

-Adliya muassasalarini boshqargan



Jalol ul-islom

-Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo’lgan nazoratchisi.



Vaziri devoni insho

-Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig’i.

El-yurtning obodonligi, salatanatning ustuvorligi ko’p jihatdan mana shu vazirlarga bog’liq bo’lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta'siri dunyoda buyuk davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.

Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat u davlatdagina emas, balki boshqa o’lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo’llanila boshlandi.
Qisqa xulosalar

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Tsezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.

XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling