Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти
Download 74.74 Kb.
|
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida
Huquqiy ongdan mahrum odam hayvonga o‘xshaydi va o‘zini bo‘riday tutadi. Faqat qo‘rquv tufayligina itoatkor bo‘lgan odam qo‘rquv yo‘qolishi bilan bo‘riga aylanadi. Mas’uliyat va or-nomus tuyg‘ulariga ega bo‘lmagan odam na shaxsiy, na ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarishga qobiliyatli emas, shuning uchun demokratiyaga ham yaramaydi.
XULOSA Xalqda sog‘lom huquqiy ong bo‘lmasa, u holda demokratik tuzum suiiste’molliklar va jinoyatlar g‘alviriga aylanadi. Beburd va sulloh odamlar sotqin bo‘ladilar, bir-birlarining bu kamchiliklarini biladilar va bir-birlarining ayblarini yashiradilar, odamlar xoinlik qilib, shundan boylik orttiradilar va buni «demokratiya» deb ataydilar» Qisqasi, kishilarimizning, fuqarolarimizning huquqiy onggini, huquqiy madaniyatini yuksaltirish zarurligi haqida takror-takror gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda ko‘p narsa rahbarlarimizga, ana shu qonun va huquqlarni muhofaza qiladigan kishilarga bog‘liq. Eng muhimi, ular qonun talablarini so‘zsiz bajarishda, qonunlarga itoat qilishda boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari lozim.Biroq huquqiy madaniyat insonga o‘zidan-o‘zi kelmaydi. Inson ham, jamiyat ham, davlat ham yuksak huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash uchun ko‘p kuch-g‘ayrat sarflashlari kerak bo‘ladi. Zero, yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayni chog‘da huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, tub negizi va asosidir. Shuning uchun ham huquqiy madaniyatni shakllantirishga faqat huquqiy tarbiyani amalga oshirish orqaligina erishish mumkin bo‘ladi. Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling