Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти
Download 74.74 Kb.
|
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Milliy huquqiy madaniyat – yuridik ta’riflarning betakror uyg‘unligi, ma’nosi, shaklini yaratuvchi boshlang‘ich asosdir. Zero, huquq ijodkorligi, eng avvalo, har bir muallifning ichki dunyosi bilan bevosita bog‘liq individual jarayondir. Huquq – huquqiy qadriyatlar yaratuvchisi bo‘lgan xalq ma’naviy ijodining mahsuli. Chunki aynan shu hayot tarzi, shu sivilizatsiyaning kundalik amaliyoti xulq-atvorni tartibga solish, xilma-xil hayot ziddiyatlarini hal etishning tegishli normalarini dunyoga keltiradi. Huquqiy qadriyatlarni yaratish bo‘yicha huquq ijodkorligining individualligi va noyobligi aynan shundaki, huquqiy-madaniy jarayonlar muayyan davlatchilik, milliy huquq-tartibot, aniq tarixiy davr va o‘ziga xos huquqiy ong hamda shu xalq mentaliteti doirasida kechadi.15
Binobarin, milliy huquqiy mafkurani shakllantirish haqida gap borarkan, jahon huquqiy madaniyati durdonalarini to‘ldirib borishning ushbu mexanizmi quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishni taqozo etadi: Birinchidan, bu – mamlakat huquqiy madaniyati qadriyatlarini o‘zlashtirish, ularning qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bilishning zarurati va ahamiyati bilan bog‘liqdir (masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Amir Temur va boshqa mutafakkir bobokalonlarimizning asarlarida bu jihatlar muayyan darajada ifodasini topgan). Bunday bilimlar o‘z-o‘zidan umuminsoniy huquqiy qadriyatlarni tushunish va o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Ikkinchidan, huquqiy sohadagi jahon madaniyati durdonalarini idrok etish davlatchilik, qonun chiqarish, huquq-tartibot, qonuniylik, huquqiy ong sohalarida yetarli darajada rivojlangan asosning bo‘lishini taqozo etadi. Begona namunalarda, – hatto ular umumbashariy qadriyat bo‘lgan taqdirda ham, – huquqiy madaniyatni shunchaki «o‘rganib» bo‘lmaydi. Bunday urinishlar qonun hujjatlarini sirtdan jozibador, lekin ma’naviy jihatdan begona tuzilma va konstruksiyalar bilan bezashgagina olib kelishi mumkin. Uchinchidan, huquqqa nisbatan milliylik va umuminsoniylik qiyoslarini to‘g‘ri aniqlab olish xorijiy huquqiy materialni o‘zlashtirishning murakkab muammosiga ilmiy asoslangan tarzda yondashishga ko‘maklashadi. Bunda huquqni ijodiy o‘zlashtirish bilan xorijiy huquqiy shakllaridan qo‘pol ravishda nusxa ko‘chirish, siyosiy o‘zlashtirishni farqlamoq muhimdir. Agar ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish hodisasi ro‘y bersa, u holda milliy huquqiy ongning rivoji haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas, aksincha, u bunday «o‘zlashtirish» oqibatida yemirilib, barbod bo‘la boshlaydi. Huquqiy madaniyat milliy va umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga nisbatan g‘amxo‘rlarcha munosabatga, o‘zining mintaqaviy va dunyo miqyosidagi, sinfiy, umumijtimoiy, milliy, umuminsoniy barcha tarkibiy qism va bo‘laklarini asrashga, ularning ko‘paytirib borilishiga muhtojdir. Huquqiy davlatni shakllantirish jarayonlari davom etayotgan respublikamizda huquqiy madaniyatni shakllantirish muammolariga katta e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ham hozirgi sharoitlarda xalqimizning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish eng muhim muammolardan biridir. Bu ishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish kerak. Zero, mustaqillik so‘zining zamirida ham katta, ulug‘ huquqqa ega bo‘lish degan tushuncha yotishini unutmaslik lozim. Bu borada mamlakatimizda ko‘pdan-ko‘p ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1997 yilning 20 mayida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda erkin, huquqiy demokratik davlatni barpo etishning zarur sharti sifatida xalqning huquqiy madaniyati saviyasini ko‘tarish muammolari haqida gap bordi. O‘shanda Prezidentimiz har qanday ishning muvaffaqiyati kadrlarga bog‘liq ekanligini alohida uqtirib o‘tadi. Bu hol huquqshunoslik sohasida yetarli miqdorda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish zarurligini taqozo etadi. Inson huquqlari – bu, eng avvalo, insonning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasidagi huquqiy layoqatini va huquqiy sub’ekt ekanligini e’tirof etishdir. Shu fikrlarni e’tiborga olgan holda ish tutish vaqtni, huquqiy madaniyatning jamiyat hayoti bilan aloqalarini uzviy bog‘lashga, siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga, madaniy-siyosiy tasavvurlar va qadriyatlar, huquqiy ko‘rsatmalar hamda huquqiy xulq-atvor va faoliyatning barcha jihatlari samarali amal qilishiga yo‘naltirilgan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish saviyasini oshirish Milliy dasturi»ni izchil ro‘yobga chiqarishni talab etadi. Download 74.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling