Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкетн Давлат Юридик Институти


Download 74.74 Kb.
bet7/11
Sana20.06.2023
Hajmi74.74 Kb.
#1634457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Huquqiy ong – huquqni rivojlantirish, mustahkamlash va amal qilish omili sifatida

Buzilgan ong – aynigan, nuqsonli huquqiy ongning eng keskin darajasidir. U ko‘p jihatdan nigilizmga o‘xshab ketadi. Chunki har ikkala holatda ham huquq nazar-pisand qilinmaydi, inkor etiladi. Shunga qaramay, buzilgan ong huquqiy nigilizmdan nafaqat ijtimoiy xavflilik darajasi bilan, balki vaj-sabablari jihatidan ham farq qiladi. Buzilgan ong faqat qonunni ongli ravishda inkor etibgina qolmay, bu qusurni u g‘arazgo‘ylik, shafqatsizlik, ochko‘zlik kabi maqsadlardan kelib chiqib amalga oshiradi. Buzilgan ong namoyon bo‘lishining asosiy shakli har qanday davlat hayotining o‘tish davri uchun ayniqsa xos bo‘lgan jinoyatchilik va korrupsiya holatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, har bir davlat tarixida jamiyat bir holatdan boshqasiga o‘tish pallasi, afsuski, korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga kechadi. Ayniqsa, korrupsiya, avvalambor, uyushgan jinoiy guruhlarga yordam berish uchun davlat xizmatidan foydalanishga intiladi. Buning oqibatida jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga ochiqdan-ochiq tahdid yuzaga keladi.
Shaxsiy boyish maqsadini ko‘zlab hamda urug‘-aymoqlar manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yib, poraxo‘r amaldorlar mamlakat siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga hamda aholining aksariyat qismiga o‘nglab bo‘lmaydigan zarar keltiradilar. Boz ustiga, yangi iqtisodiy munosabatlar asoslari endigina vujudga keltirilayotgan va sifat jihatidan butunlay yangi siyosiy tizim shakllanayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakatlari bilan ushbu jarayonga to‘sqinlik qilishi mumkin. Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidenti haqli ravishda qayd etganidek: «Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. «Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir» degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi.Shuni ham aytish kerakki, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablaridan biri sifatida rivojlanishning o‘rta darajasi bilan birga ijtimoiy yuksaklik sari bormaydigan ijtimoiy bekorchilarni e’tirof etishadi. Biroq bunda bekorchilarning hammasi emas, balki nafrat va g‘azab tuyg‘usi to‘lib toshgan bekorchilargina jinoyat sub’ekti bo‘lishi nazarda tutiladi, qolganlari esa ijtimoiy kam ta’minlanganlar toifasiga kiradi. Darhaqiqat, bu sodir etilayotgan jinoyatchilik bir qismining sub’ektlari tayinli ish joyiga ega bo‘lmagan, yoshlikdan ilm va kasb-hunardan begona, onggi muayyan qadriyatlarga asoslanmagan, o‘z baxtsizligi sababini o‘zidan emas, balki jamiyatdan qidiradigan, atrofga zarar keltirish asosida yashashga odatlangan kimsalar ekanligi shubhasiz. Ammo shu o‘rinda jinoyatchilik sabablaridan yana biri – yirik-yirik jinoyatlar amaldor shaxslarni sotib olish tufayli sodir bo‘layotganini ta’kidlash lozim. Bunday jinoyatning sub’ekti ishlab chiqaruvchilar va siyosatchilar, harbiylar va parlament a’zolari, ma’muriy va boshqa boshqaruv bo‘g‘inlaridagi amaldorlar ekanligi kishini hayron qoldiradi. Albatta, buning negizida inson tabiatiga xos bo‘lgan ochko‘zlik illati yotadi. Jinoyatchilikning aynan shu turining oqibatlari haqida fikr yuritgan Yurtboshimiz shunday degandi: «Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir»13
. Huquqiy ong turli shakllarini ko‘rib chiqarkanmiz, o‘ziga xos yana bir xususiyatni – axloqiylikning yetishmasligi, ba’zan esa uning mutlaqo yo‘qligidan iborat umumiy kamchilikni ko‘rmasligimiz mukin emas. Bu holat fuqarolarning huquqiy onggining ahvoli ko‘p jihatdan ular axloqiy sog‘lomligiga bog‘liq, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Yaxshilik va yomonlik, vijdon, or-nomus uning asosini tashkil etadi. Axir huquqiy ong faqat huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkuraning o‘zidangina iborat emas. Insonning huquqiy onggi kishining erkin irodasi, uning qilmishlari va o‘y-fikrlari axloqiy qonunlarga qanchalik mos kelishini tekshiruvchi vijdon ishi harakatidir. Bu harakat ko‘p narsalarni – ishlar va o‘y-fikrlar adolatliligi bahosini aks ettiradi; u qo‘rquv va quvonchni chaqiradi, uyat va noqulayliklar tug‘diradi; o‘ziga ishonch va kuch-qudratni baxsh etadi; ruhlantiradi va faoliyatni susaytiradi. Shuning uchun ham fuqarolarning huquqbuzarlikka qarshi yuksak darajadagi axloqiy fazilatlari jamiyatga kirib keladigan jinoyatchilik va korrupsiya, umuman, har qanday huquqbuzarlikka qarshi yaxshi himoya vazifasini o‘tay oladi. Ayni paytda odamlarda har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirish muhim hisoblanadi. Bunda, ayniqsa, oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro‘-e’tibori ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining professional huquqiy onggi ham bunday buzilishning barcha shakllariga moyilligi buning yorqin dalili bo‘la oladi. Jumladan, huquqiy muhofaza etishdagi faoliyatsizlik va zarur chora-tadbirlarni ko‘rmaslik, qonunni o‘zboshimchalik bilan talqin etish huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridagi huquqiy nigilizmning ko‘rinishlaridir. Xizmat mavqeidan foydalanib, jinoyat sodir etish, jinoiy unsurlar bilan chatishib ketish ong aynishining keng tarqalgan shakllaridir. Shu bilan birga, bunda birovlarni ayblashga intilish, o‘z qarorlarining nuqsonsizligi haqida da’vo qilish, yopiqlik tarzi, mahfiylashtirish qolipiga tushib olish, jazo choralarini kuchaytirishga moyillik keng yoyiladi.
Albatta, mamlakatimizda ushbu kamchiliklardan xoli bo‘lishning butun choralari izchil ravishda ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ta’biri bilan aytganda: «Bizning jamiyatda qonun boshqaruvning asosiy va ko‘p qirrali vositasiga aylanishi zarur. Bunday sharoitda huquqni muhofaza etish organlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ularning kasb mahorati va axloqiy sifatlariga bo‘lgan talab keskin oshadi. Shundan kelib chiqqan holda sud, prokuratura to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirib borish zarurati tobora ko‘zga tashlanmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari to‘g‘risida qonun qabul qilishni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Qonunda bu organlarda kimning ishlashga haqqi bor, u qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak, uning javobgarligi va mansab pillapoyasidan ko‘tarilish shartlari o‘z aksini topishi lozim. Mazkur organlarga qo‘li egri, poraxo‘r, vijdonsiz kimsalar kirib qolishini bartaraf etadigan tizimni qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yish maqsadga muvofiqdir».
Shu ma’noda, shu o‘rinda huquqiy ong va uning davlat qurilishi, davlat nufuzi ortib borishi jarayonidagi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Avvalambor, shunga e’tibor berish kerakki, tor ma’nodagi – odamlarning davlat va tegishli mexanizm, turli davlat tizimlari, institutlari va tartibotlari to‘g‘risidagi bilimlarini nazarda tutuvchi «davlatga xos ong» bilan keng ma’nodagi – davlat milliy mustaqillik belgisi, milliy manfaatlarni ta’minlovchi institut sifatida tushuniladigan «davlat onggi»ni farqlamoq lozim.
Ayni chog‘da davlat onggi aholining huquqiy madaniyati rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, davlat va huquq jamiyatda paydo bo‘lgan ikki o‘zaro bog‘liq tushuncha hisoblanadi. Jamiyatga xizmat qilish esa ijtimoiy muvozanatni ta’minlash hamda iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy tizim rivojlanishining barqarorligiga erishish, xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish, shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi faol sa’y-harakatlarda o‘zining ifodasini topadi. Bunday demokratiyasiz, fuqarolik jamiyatisiz huquqiy davlat amal qilishi mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Chunki fuqarolik jamiyati davlatda yalpi farovonlikka erishish vazifasini bajaradi. Shunday qilib, davlatni bunday tushunish keng ma’nodagi ongining mohiyatini tashkil qiladi.
Qolaversa, davlatga nisbatan shaxsiy munosabatda bo‘lish va uni tushunish hodisasi ham muhim kasb etadi. Shuning uchun ham onglilikning o‘rni va roli g‘oyat beqiyosdir. «Prezidentimiz takror-takror uqtirib aytganlaridek: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlardan bosh maqsad – millat sifatida o‘zlikni anglashdir. Odamlar hayotni, yangiliklarni ongli ravishda idrok etsin. Islohotlar jarayoni ma’qul bo‘lsa, ularni o‘z shaxsiy ehtiyoji, fuqarolik burchi sifatida qabul qilsin. Ma’qul bo‘lmasa, mayli, tanqid qilsin, fikrini bildirsin, ammo amaliy takliflarini aytsin, mavjud kamchilikni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shsin. Aks holda, har qanday tanqid – quruq gap bo‘lib qolaveradi.
...«O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat» degan shiorni aynan xalqimiz idroki, salohiyatiga ishonib o‘rtaga tashlaganlar. O‘z-o‘zidan ayonki, endi odamlarning o‘zlari faol bo‘lishlari, hayotni ongli qabul qilishlari, jamiyatdagi o‘z o‘rnini aniq belgilab olishlari, shu tariqa mamlakat ravnaqi, hayot rivojiga baholi qudrat hissa qo‘shishga intilishlari lozim. Sirasini aytganda, xalq bilan olomon ana shu jihatiga ko‘ra farqlanadi. Xalq voqea va hodisalarni ongli idrok etsa, olomon ko‘r-ko‘rona jazava ta’siridan hech qachon baland turolmagan»14
Demak, milliy davlatchilik rivojlanishi mezoni ham aholining onglilik darajasi bilan o‘lchanadi. Chunki yuksak onglilik darajasiga faqat demokratiya sharoitidagina erishiladi. Demokratiya sharoitida inson milliy davlat suvereniteti qadriyatlarini, uning rivojlanish istiqbollarini o‘zi, tashqaridan biror-bir aralashuvsiz aniqlaydi. Shuning o‘ziyoq davlatchilik inson madaniyatining, ayniqsa, huquqiy madaniyatining tarkibiy qismi, ekanligini ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat onggi mazmunan o‘z chegaralariga, mavzusiga va aks ettirish ob’ektiga ko‘ra ancha keng bo‘lib, u huquqiy va siyosiy ongga kiradi. Davlat onggi bevosita davlat bilan bog‘liq huquqiy-siyosiy munosabatlarnigina aks ettiradi. Agar aholining davlat onggi haqida gapiradigan bo‘lsak, u maxsus masalalar va bilimlarni o‘z ichiga olmaydi, faqat umumiy tushuncha va tasavvurlar unga xos bo‘ladi.
Yuqorida to‘xtalib o‘tganimizdek, huquqiy ong huquqiy bilimlar shaklida huquqiy voqelikni va huquqiy munosabatlarni hisobga olish va amalda ro‘yobga chiqarilishini, huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda insoniy qadriyatlar yo‘nalishlarini aks ettirishi bilan ajralib turadi, biroq davlat onggi esa ko‘p jihatdan davlat rivojlanishining maqsad va vazifalarini, davlatni baholay olish qobiliyatini, ijtimoiy munosabatlar tizimida uning o‘rni va ahamiyatini tushunishni anglatadi. Shunga ko‘ra davlat tushunchasini huquqiy-siyosiy ongning bir qismi sifatida ham baholash mumkin. Chunki huquqiy ong ham, siyosiy ong ham davlat tizimi masalalari bilan uzviy bog‘liq. Ammo huquqiy-siyosiy ong o‘z ko‘lamiga ko‘ra keng qamrovli hodisa hisoblanib, tizimli xususiyatga ham ega bo‘ladi. Shu ma’noda davlat onggi milliy mafkura sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday mafkuralar sirasiga, siyosiy, ya’ni hukmron mafkuradan farqli o‘laroq, «huquqiy davlat mafkurasi» yoki «davlat qurilishi mafkurasi», «milliy istiqlol mafkurasi» kabilarni kiritish mumkin. Binobarin, «Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa olam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerdaki, mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin”Ayni chog‘da «Ijtimoiy soha – mafkura sohasi. Chunki bu inson ehtiyojlarini ta’minlaydigan, uning kayfiyati, o‘y-fikr va dunyoqarashini shakllantiradigan soha.Shu fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, davlat va huquq nazariyasining muhim muammolaridan hisoblangan huquqiy ong, siyosiy ong, umuman olganda, huquqiy madaniyat masalalari huquqiy-siyosiy tadqiqotlar uchun istiqbolli mavzulardan hisoblanib, ham nazariy-fundamental, ham amaliy-hayotiy ahamiyatga molikdir.
Shunday qilib, huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatni o‘z ichiga oluvchi huquqiy madaniyat elementi sifatida huquqiy ong huquq va huquqiy xulq-atvorga ta’sir etuvchi barcha omillarning «saragini – sarakka, puchagini – puchakka» ajratuvchi o‘ziga xos vositadir.
Hozirgi zamon huquqiy onggi inqirozi ko‘p jihatdan huquqiy madaniyat saviyasi bilan belgilanadi.
Ma’naviy-axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimi sifatida huquqiy madaniyat huquqiy holat rivojining erishilgan darajasida, normativ huquqiy hujjatlarda, huquqiy ongda o‘z ifodasini topadi. Ularga muvofiq ravishda qonunga itoatkor hayot tarzi shakllanadi hamda mamlakatda huquq-tartibot rejimini o‘rnatuvchi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amalga oshiriladi.
Shu o‘rinda yana bir jihatga e’tiborni jalb etishni istardik. Huquqiy madaniyat madaniyatning boshqa siyosiy, axloqiy, estetik, diniy sohalari va tarmoqlari bilan o‘zaro aloqada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun ham huquqiy madaniyatning o‘ziga xos mazmunida ham umumiy madaniyatga, ham uning alohida tarmoqlariga doir xususiyatlar va xossalar, albatta, namoyon bo‘ladi. Shu holat bilan bog‘liq ravishda barcha madaniyatlarning o‘zaro ta’siri katta ahamiyat kasb etadi. Haqiqatan ham demokratik davlatda qonunga itoatkor xulq-atvorni ta’minlash uchun bir vaqtning o‘zida buni ham axloqiy, ham huquqiy ong orqali amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u, birinchi navbatda:

  1.  huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o‘zlashtirishni;

  2.  umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlar va manbalar, tarixiy xotira, urf-odatlar va an’analarni;

  3.  aholi tomonidan qonunlarni bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufuzini;

  4.  huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini;

  5.  fuqarolar va mansabdor shaxslarning qonunga itoatkorligini talab etadi.




Download 74.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling