Majburiyat va da’vo orasidagi munosabat. Rimda majburiyatlarning bajarilishi da’vogarning da’vo bildirishi orqali himoyalangan, shu bois ham agar majburiyat shunga muvofiq da’vo shakli bilan yuridik ta’minlangan bo’lsagina u qonuniy kuchga ega bo’lgan, ammo, shunga qaramay, quyidagi ikki holatning yuz berishi ham mumkin bo’lgan: 1) norasmiy majburiyatni shartnoma orqali rasmiylashtirish va 2) rasmiy holatdan chekinib, qarzni to’lash yoki boshqa majburiyatlarni shartnomada ko’rsatilmagan usulda ijro etaverish (agar ikki tomon ham bunga rozi bo’lsa). Bunday harakatlar natijasida shartnoma talablari bajarilgan deb hisoblangan va u sivil holatga o’tgan yoki yangi shartnoma tuzilishi ham mumkin bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |