Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Servitutning himoya qilinishi
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
Servitutning himoya qilinishi. Servitutlar konfessor da’volar bilan himoya qilingan. Bundan tashqari, pretor ediktlari orqali ham yerlarni himoya qilish uchun bir necha interdiktlar chiqarilgan.
Servitutlar quyidagi hollarda tugatilgan: 1) qonuniy yo’l bilan; 2) servitutga beriluvchi ashyo servitut egasiga ortiqchalik qilib qolgan taqdirda, boshqa kishiga shartnoma yoki vasiyat yo’li bilan; 3) ashyolar taqsimotida sud qarori bilan; 4) egalik huquqini himoya qilish paytida egalik huquqi muddatining o’tib ketishi natijasida, 5) servitutda belgilangan muddatning tugashi; 7) servitut ashyolarining nobud bo’lishi; 8) servitutdagi hokim (asosiy) va mahkum (mansub) yerlarning birlashib ketishi; 9) servitutdan 10-20 yil foydalanmaslik.
Pretor interdikt chiqarib, ijarachining huquqini himoya qilgan. Avvaliga himoya ushbu mulkka da’vo qilgan boshqa shaxslarga qarshi, keyinchalik esa ijara mulki egasiga qarshi bildirilishi ham mumkin bo’lgan. Har ikki holda ham pretor ijarachi tarafini olgan. Emfitevsis. Uzoq muddatli meros bo’lib o’tadigan ijara shunday atalgan. Bunda ijaraga olingan yerning ijara haqi ancha past bo’lgan va ijara avloddan avlodga meros bo’lib o’tganligi uchun yersiz dehqonlarga qo’l kelgan. Katta yer egalariga ham bu foydali bo’lgan. Bunda ijarachining ko’pgina huquqlari yer egasining huquqlariga teng keladigan darajada bo’lgan. Ular bir qismini ikkilamchi ijaraga ham bera olganlar. Hosilning hammasi o’zlariniki bo’lgan. Ijara haqi pul yoki boshqa ashyolar bilan belgilangan hamda vaqtida to’lab turilmasagina yer egasi emfitevsisni bekor qila olgan. Rim yuristlarining o’zlari emfitevsisning oldi-sotdi shartnomasi yoki ijara shartnomasi ekanligi haqida tortishib yurganlar. Faqat Yustinian davriga kelib bunga aniqlik kiritilgan. Emfitevsis bo’yicha yerni ijaraga olgan kishi quyidagi huquqlarga ega bo’lgan: 1) olingan yerdan foydalanish; 2) olingan yerga uning sifatini pasaytirmaslik sharti bilan o’zgarishlar kiritish; 3) yerdan olinadigan hosilni yig’ib olish; 4) yerni garovga qo’yish, o’zidan begonalashtirish va avlodlariga qoldirish. Emfitevsischi yer egasiga ijara haqi va davlat soliqlarini muntazam ravishda to’lab turishi shart bo’lgan. Agar u ijara haqini uch yil to’lamasa, emfitevsis huquqi bekor qilingan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling