Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


O’zgalar mulkiga bo’lgan huquqlar


Download 0.53 Mb.
bet99/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

O’zgalar mulkiga bo’lgan huquqlar. Mulkiy huquq doirasiga xususiy mulkdan tashqari, o’zgalar mulkiga bo’lgan huquqlar, unga egalik (undan foydalanish) huquqi ham kirgan. Bu huquq yer, bog’, imorat va boshqalar egasining emas, balki undan foydalanuvchilarning huquqidir. Bu huquq “servitut huquqi” deb atalgan. Bunda har ikki tomonning roziligi juda muhim bo’lgan.

Qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan ushbu huquq biron qonun bilan belgilangan bo’lishi ham mumkin. Hozirgi uning qonun bilan tayinlanganligi yoki o’zi hayotga odat bo’lib kirib kelganligi haqida bir nima deyish qiyin.

Bunday servitutlar to’rt xil bo’lgan:

1) boshqalar yeridan o’tish huquqi (yo’l tushishi va boshqalar natijasida);

2) boshqalar yeridan mollarni haydab o’tish huquqi;

3) aravaga ortilgan yuklar bilan boshqalar yeridan o’tish huquqi;

4) boshqalar yeridan suv o’tkazish huquqi.

Bunday servitutlarga barcha rozi bo’lgan va ular oshkora (legal) va qonuniy hisoblangan. Ular interdiktlar bilan himoya qilingan.

Bunday servitutlarga hojat qolmagach, ular tugatilgan.

Vaqt o’tishi bilan shaharga oid servitutlar ham paydo bo’lgan (suv quvurlari, kanalizatsiya o’tkazish, qo’shnining devoridan foydalanish singarilar uchun)




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling