Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
Publitsian da’vo. Bu da’vo bonitar mulk egalarining manfaatini ko’zlab o’ylab chiqarilgan. Biror sabab bilan yo’qotilgan mulkni topib olgan va haqiqiy egasiga topshirish imkoniyati bo’lmagan shaxslarga mana shu da’vo qo’l kelgan. Bu da’vo pretorga izhor qilinib, birovning mulkini egallab olgan kishi ham mulkka yaxshi vijdonan munosabat bilan qaraganligi tufayli muayyan vaqt o’tishi bilan haqiqiy mulkdor huquqini qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan. Albatta, kuch bilan tortib olingan, o’g’irlangan narsalarga bu da’vo o’tmagan. Bu da’vo faqat halol topib olingan ashyolargagina qo’llanilgan. U biror narsani (masalan, tashlandiq yerni) o’zlashtirib, unda vijdonan ishlayotgan shaxsni boshqa bir shaxsning tajovuzidan himoya qilgan.
Xullas, vindikatsion da’voning xususiyatlari quyidagilardan iborat bo’lgan: 1) doimo ashyoni boshqa kishi egallab olishiga yoki unga tajovuz qilishiga qarshi qaratilgan; 2) bu da’vo mulkini qo’ldan berib qo’ygan kvirit mulkdorining bu mulkni nohaq egallab olgan yangi egasiga qarshi da’vo bo’lib, da’vogarning huquqini himoya qilish va mulkini qaytarishga qaratilgan; 3) da’vo aniq ko’chmas yoki ko’char mulk ustida boradi va da’voning butun isbotlash yuki da’vogarga tushadi; 4) klassik davr oxirlarida vindikatsion da’vo mulkni o’z qo’lida qonuniy ushlab turish uchun berilgan shaxslar tomonidan ham qo’llanilgan; 5) javobgar nizolashmasdan ham chekinishi mumkin bo’lgan. Ammo ko’chmas mulkni qaytarib berishi uchun pretorning buyrug’i talab qilingan; 6) da’vogar litistansiya paytigacha hamma narsasini qaytarib olishi kerak bo’lgan; 7) agar da’vo qilingan mulkka sarf-xarajatlar qilingan bo’lsa va javobgar ularni qaytarib olishiga ishonsa, ekssepsiyaga haqli bo’lgan; 8) javobgar sud hukmini bajarmasa yoki paysalga solsa, da’vogar foydasiga belgilagan jarimani to’lagan; 9) da’vogarni himoya qilish uchun publikatsiya da’vosi qo’llanilgan. O’tgan muddatning soxta yuridik ko’rsatkichiga ruxsat berilgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling