Ashyolarni qayta ishlash. Bu jarayon spetsifikatsiya deyiladi hamda ashyolarni qayta ishlash, qo’shimchalar qilish va o’zgartirishni anglatadi.
Qadimgi yuristlar ashyo o’zgarganidan keyin kimga taalluqli bo’lib qolishi haqida ko’p tortishganlar. Yustinian qonunlari bu masalani quyidagicha hal qilgan: Agar qayta ishlangan ashyoni asliga qaytarish mumkin bo’lsa, ashyo unga sarf etilgan narsa (masalliq xomashyo) egasining mulki hisoblanadi, agar endi asliga qaytarish mumkin bo’lmasa, u ashyoni yasagan odamning mulki hisoblanadi. Bunday holatda masalliq, xomashyo, material egasiga uning bahosi to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |