Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet90/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Xususiy mulk huquqi. Xususiy mulk huquqi quyidagi huquqlarni o’z ichiga oladigan bo’lgan:

1) mazkur mol-mulkka egalik qilish huquqi (ius possidendi);

2) undan foydalanish huquqi (ius utendi);

3) hosil va daromad olish huquqi (ius fruendi);

4) tasarruf qilish huquqi (ius avutendi);

5) o’z mulkining boshqalar qo’lidan o’ziga qaytarilishni talab qilib olish huquqi (ius uindicanndi).

Bu huquqlar xususiy mulk egasining hamma mulklariga va ularga qo’shila borgan ashyolarga daxldor bo’lgan. Mulkdor bu ashyolarni ko’paytirishda o’z mehnati yoki boshqalar mehnatidan foydalanishi mumkin bo’lgan. Yer egasi esa yeriga va uning ustidagi barcha narsalarga hukmronlik qilgan.

Rim yuristlari: “Mulkdor o’z mulki bilan nima xohlasa shuni qilish huquqiga ega, faqat u qonunda taqiqlangan ishlardangina saqlanishi kerak”, degan fikrda bo’lganlar. Bunday cheklash ko’proq ko’chmas mulkka taalluqli bo’lgan.

XII jadval qonunlarida quyidagi qoidalar mavjud: 1) yer egasi o’z yeridan arava o’tadigan yo’l va so’qa, omoch aylanishi uchun joy qoldirishi shart; 2) u to’kilgan mevalarini terib olishi uchun qo’shnisiga kunora o’z yeriga kirishga ruxsat berib turishi kerak va h. k.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling