Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
Skriboniy qonuniga muvofiq, servitut sharti buzilsa (masalan, baland imorat solinsa) yoki servitutdan foydalanilmasa, ikki yildan so’ng servitut bekor qilingan. Foydalanish uzilib tursa-yu, ammo u ikki yilga yetmasa, servitut davom etavergan.
“Servitut” qo’shni yer maydonlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishini bildiradi. Shuning uchun qo’shni yerga kelgan har kim – (uning mulkdorigina emas, balki mehmonmi, tabibmi, ustami – barcha servitutdan foydalanish huquqiga ega bo’lgan, chunki servitutsiz bu yerdan foydalana olmagan. Shaxsiy servitutlar alohida shaxsga xizmat qilgan holatlar vaqtincha bo’lgan. Uzufrukt. “Uzufrukt” atamasi birovning ashyosi va daromadidan umrbod foydalanib, uning butun saqlanishi va xo’jalikka yaroqli bo’lishini ta’minlashni anglatgan. Uzufrukt boshqalar ashyosidan foydalanishning klassik shakli bo’lgan. Raul bu haqda: “Uzufrukt – bu o’zgalar narsasidan foydalanish va undan foyda, hosil undirib olish”, – degan. Demak, uzufruktda ashyoning o’zi emas, uning foydasi, mevasi kabilar boshqa birovning ixtiyoriga o’tgan, ashyo esa egasining mulki bo’lib qolavergan. Ammo uzufruktchi ashyolar samarasidan foydalanish huquqini boshqalarga o’tkazishi, hatto ijaraga berishi ham mumkin bo’lgan. Masalan, mulk egasi uyining bir xonasini xizmatkoriga butun umr foydalinishga bergan bo’lsa, uzufrukt sohibi berilgan mulkni qarab, saqlab turishi kerak bo’lgan. Ushbu mol-mulkning egasi o’zgarsa ham, merosxo’r bo’lsa ham, uzufruktni bekor qilolmagan. Bunday mulklarning sotilish bahosi ancha past bo’lgan. Ammo uzufruktni bergan kishi ham uni bekor qila olmagan, pretor doimo uzufruktchining tarafini olgan. Uzufrukt huquqiy tizimi oilaviy hayotdan boshlangan, xotinidan ajralgan erlar unga umrbod foydalanish uchun biror ashyoni berganlar (uy-joy va boshqa). Bu odat mil. av. III asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Uzufrukt sep yoki sovg’a sifatida ham berilgan. Uzufrukt sohibining vafoti bilan u tugatilgan. Foyda beruvchi ashyoning nobud bo’lishi ham uzufruktning tugatilishiga olib kelgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling