Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
An’anaviy va shaxsiy servitutlar
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
An’anaviy va shaxsiy servitutlar. Ma’lumki, “servitut” birovning mulkidan ma’lum maqsadda foydalanish huquqi yoki o’z mulkidan boshqalarning cheklangan ravishda foydalanishiga imkon berishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ikki yondosh yer maydoni yonma-yon bo’lsa, ularning biri, ya’ni tuzukrog’i ustunlik qiluvchi, hukmron, ikkinchisi esa yordamchi hisoblangan. Ularning munosabatlari servitut bilan belgilagan. Servitutlar o’rtada tortishuvlar paydo bo’lishining oldini olgan. Servitutlar ilk respublika davrida ikki yillik bo’lgan, so’ng egalik huquqlari 10, hatto 20 yilgacha uzaytirilgan. Shundan keyin har xil qiyinchiliklar kelib chiqa boshlagan.
Ko’p hollarda yer egalari servitut olish uchun o’zaro foydali shartnomalar tuzishlari lozim bo’lgan. Bunday ahvoldan chiqish yo’lini qidirganlar va, avvalo, mansipatsiyaga murojaat etganlar yoki in yure sessia. Yer merosga kolganida vasiyatnomada servitutning saqlanib qolishi haqida ko’rsatma berilgan. Yer maydoni taqsimlanganida ham servitut saqlangan. Yerning foyda berishi yoki bermasligi borasida yordamchi yer maydon hech qanday talab qo’yilmagan, ammo hukmron yer egasi yordamchisiga ham qarab turishi talab etilgan. Xo’jalik talablari nuqtai nazaridan, servitutlar qishloq va shahar servitutlariga bo’lingan. qishloq servitutida qo’shnining yeridan o’tish, hayvonlarni haydab o’tish, aravada, otda o’tish, ariq o’tkazish yoki umuman suv olish kabi huquqlar bo’lgan. Shahar servitutiga esa qo’shnining devoridan foydalanib, imorat solish, yomg’ir suvlarni qo’shni yeri orqali o’tkazib yuborish, kanalizatsiya o’tkazish, ma’lum belgilangan balandlikdan yuqori imorat qurmaslik, qo’shnining derazasini to’sib qo’ymaslik kabi vazifalar kirgan. Demak, servitut, bir tarafdan, yer egasiga ma’lum ishlarda qo’shni yeridan foydalanish huquqini bersa, boshqa tarafdan, ma’lum majburiyatlarni ham yuklaydi yoki ma’lum harakatlar sodir etishni man etadi. Mil. av. I asrgacha servitutlar o’tgan muddatga qarab qaror topgan. Keyin bu usul bekor qilingan. Klassik davrda qo’shni yeriga servitutdan foydalanish muddatiga unchalik e’tibor berilmagan. Yustinian buning uchun 10 yoki 20 yillik muddat belgilagan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling