Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


vii bob. MAJBURIYATLAR VA SHARTNOMALAR to’FrisidaGI UMUMIY TA’LIMOTLAR


Download 0.53 Mb.
bet105/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

vii bob. MAJBURIYATLAR VA SHARTNOMALAR to’FrisidaGI UMUMIY TA’LIMOTLAR

1-§. Majburiyatlar haqida umumiy qoidalar


Majburiyat. “Majburiyat” so’zini juda oddiy tushunish mumkin, ammo qadimgi Rim yuristlari unga turlicha ta’rif berganlar. Masalan, Taubenshlag: “Majburiyat bu kreditor (qarz beruvchi) va qarzdor oralaridagi huquqiy munosabat bo’lib, bunda qarzdorga kreditordan olgan qarzini to’lash va boshqa xil vazifalarni bajarish majburiyati yuklangan, ularni bajarmasa turli salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin”, – deydi. Bu yerda majburiyat predmeti biroz tor ma’noda, ya’ni qarz berish va qarz olish bilan bog’liq harakatlarni bajarish bilan ifodalanadi. Aslida, majburiyat turli xil, chunonchi, tovarni yetkazib berish, sotish, ishni bajarish, xizmat ko’rsatish, qarz berish kabi harakatlarni bajarishga qaratilgan bo’lishi mumkin. “Majburiyat” tushunchasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida berilgan. H. Rahmonqulovning ta’kidlashicha, “majburiyat bo’yicha biron-bir harakatni bajarishga yoki boshqarishdan o’zini saqlashga majbur bo’lgan taraf – qarzdor, ushbu harakatni bajarishni yoki bajarmaslikni talab qilish huquqiga ega bo’lgan taraf – kreditor deb hisoblanadi. Shunga ko’ra majburyatning sub’yektlari “qarzdor” va “kredtor” deb yuritiladi3. M. Andreyev fikricha, rimliklar majburiyatni davlat tomonidan tasdiqlangan qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlari, bajaradigan yoki bajarmaydigan ishlari sifatida tushunganlar. Rim yuristi Pavelning yozishicha, “majburiyatning asl ma’nosi biror jismiy ashyoni bizniki qilish emas, balki birovni bizga bog’lashdir, u shaxs ushbu bog’lanishi tufayli biror narsani bizga berishi, bajarishi yoki biror narsaga imkon berishi kerak”. Birovga bir narsa berib, undan so’z olinar ekan, biz unga ishonamiz. Demak, majburiyat ishonchsiz bo’lmaydi. Majburiyatga asoslangan talab doimo shaxsiy bo’ladi.

Rim yuristlari fikricha, kreditor va qarzdor yo’q joyda majburiyat ham bo’lmaydi. Kreditor va qarzdorni qonun bir-biridan yuqori qo’ymaydi, ular qonun oldida teng va har ikkisi ham bir xil himoyaga loyiq. Yustinian qo’llanmasida: “Majburiyat huquqiy kishandir, bunda kreditor ham, qarzdor ham fuqarolik huquqimizga muqobil ma’lum vazifalarni bajarish majburiyati bilan bog’langan. Majburiyatni bajarish esa, mana shu bog’ich – kishanlardan forig’ bo’lishdir”, – deyilgan.

Rim yuristlari majburiyat huquqini quyidagi turlarga bo’lib qaraganlar:

1) XII jadval va keyingi qonunlar bilan tasdiqlangan sivil majburiyati;

2) pretor tomonidan himoya qilinadigan pretor majburiyati;

3) natural majburiyatlar.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling