Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
Shartnoma nuqsonlari. Shartnoma nuqsonlari asosan ikki turga bo’linadi. Ularning birinchisi – yanglishuv, adashish. Bunda taraflarning haqiqiy irodasi shartnomada to’g’ri ta’riflanmaydi (shartnoma matnida kerakli so’zlar topib ishlatilmagan yoki muhim masala tushib qolgan va h. k.). Ikkinchisi – kelishuvning yuridik nuqtai nazardan noto’g’ri yoki qisman noto’g’ri tuzilganligi.
Rim huquqida kechirish mumkin bo’lgan va tuzatish lozim bo’lgan nuqsonlarga quyidagilar kiritilgan: 1) bitim ma’nosini, mohiyatini yaxshi tushunmay xatoga yo’l qo’yish; 2) bitim predmeti xususida yanglishish (masalan, bir qul o’rniga boshqasini berib yuborish). Agar nuqson va xatolar jiddiy bo’lsa, u holda shartnoma bekor qilingan. Agar xato tuzatilsa, shartnoma kuchda qolishi mumkin bo’lgan. Bular kelishuv xatolari deb atalgan. Masalan, oltin deb mis ashyo berib yuborilgan bo’lsa, shartnoma mis ashyo oldi-sotdisiga o’tkazilgan (erkak yoki ayol qullar haqida ham shunday). Ammo Rim yuristlari kelishuv xatolari haqida aniq bir fikrga kelolmaganlar. Mashhur Selz: “Huquq “insof” va “adolat” tushunchalaridan mohirona foydalanishdir”, deb bejiz aytmagan. Dolyus. Shartnomaning bekor bo’lishiga dolyus deb atalgan harakat asos bo’lgan. Unda kimdir o’z manfaatini ko’zlab, foydali, ammo noqonuniy kelishuvga kirishgan. Pretor huquqi rivojlanishi bilan qonunga muvofiq, ammo insofga zid bo’lgan adolatsiz harakatlar ham dolyusga kiritilgan. Sitseronning xabar berishicha, dolyus shartnomani bekor qiluvchi asos sifatida pretor Akviliy tomonidan mil. av. 44 yilda kiritilgan. Pretor dolyusni “zohiran bir, mazmunan boshqa harakat” deb ta’riflangan. Yuz yillarcha vaqt o’tgach, boshqa pretor yolg’onchilik va qalbaki aldov bilan shartnoma tuzishni ayb hisoblab, dolyusga kiritgan va aybdorlarga katta jarima belgilagan, yolg’onchi esa xalq ichida sharmanda qilingan. Bundan tashqari, pretor aldov uchun javobgarlikni yo’q qiladigan “kelishuv va bitimlarini” bekor qilgan. Bunday bitimlarning ko’pchiligi sotib olinganligi yoki zo’rlik bilan majburan tuzilganligi uchun hech qanday kuchga ega bo’lmagan shartnoma deb hisoblangan va bekor qilingan. Zo’ravonlik. Mil. av. I asrlardayoq Rim huquqshunosligi kuch ishlatib, jismoniy yoki ruhiy zo’ravonlik bilan tuzilgan barcha shartnomalarni haqiqiy emas deb hisoblaganlar. Rim ma’muriyati orasida sarkashlarni qiynash, qamash shu bilan birga, tamagirlik, poraxo’rlik keng tarqalgan. Chet viloyatlariga borib ishlab kelganlar haqida “qashshoq ketib, boy bo’lib keldi” degan gaplar yurgan. Ammo ruhiy tazyiqni aniqlash qiyin bo’lgan. qaysidir holda qaydadir do’q-po’pisa rol o’ynagan bo’lsa, ba’zan shaxsning o’zi kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlardan qo’rqib yon berishi mumkin bo’lgan. Bunday hollarda pretor sudyaga: “Agar da’vo isbotlansa, unda yetkazilgan zararning 4 hissasiga teng jarima tayinla va kelishuvni bekor qil”, degan ko’rsatma bergan. Bu masalaning birinchi qismi pretor edikti bilan, ikkinchi qismi esa sivil huquqi bilan hal etilgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling