Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Shartnomaning ijrosini ta’minlash va uning buzilganligi uchun javobgarlik


Download 0.53 Mb.
bet116/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

4-§. Shartnomaning ijrosini ta’minlash va uning buzilganligi uchun javobgarlik


Shartnomaning ijrosini ta’minlash vositalari. Har qanday kreditor, ayniqsa bu ishda mutaxassis bo’lgan bankchi yoki sudxo’r birovga bergan qarzini undirib olishni o’ylaydi. Uning uchun ushbu qarzning ma’lum bir tartibda va vaqtda qaytarilishi ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun esa zakalat berish, kafillik (kafolat) berish, garov, burdsizlik to’lovi (aybona, neustoyka) kabi vositalar qo’llaniladi.

Zakalat (bay puli) berish rimchasiga “arra” yoki “arxa” deyilib, qimmatli bir narsani garovga qoldirishdan iborat bo’lgan. qarz shartnomasi bo’yicha uning qiymati ashyo qiymatidan kam bo’lar edi. Keyinchalik zakalat oldi-sotdi ishlarida ham qo’llanila boshlagan, ammo shartnoma bekor qilinganda u ham qaytarib berilgan. Faqat Yustinian davridan boshlab bay puli jarima vazifasini o’tay boshlagan. Aslida Sharqdan kelgan bu odatni Yustinian 628 yilda qonunlashtirgan.

Kafolat. Kafolat masalasini Gay ta’riflab bergan. Kafillikka o’tgan kishi shartnoma shartlarini qabul qiladi va qarzdor o’z qarzlarini to’lamagan taqdirda ularni to’laydi. Ammo shundan keyin u ham qarzdorga nisbatan regress da’vo huquqiga ega bo’ladi.

Agar qarzdor majburiyatini bajarmasa yoki o’z vaqtida qarzini to’lamasa, boshqa bir shaxs ushbu majburiyatning ijrosini o’z zimmasiga olishi mumkin bo’lgan. U qarzdor uchun kafolat bergan yoki kafillikka o’tgan. Bu narsa ham stipulyatsiyada keng qo’llanilgan. Bunday kafillikni Rimning badavlat fuqarolari bajarganlar. Ular uchun bu kambag’al fuqarolarga ta’sir o’tkazish, hatto ularni o’zlariga tobe qilish shakllaridan biri bo’lgan.

Majburiyat muddati o’tgach, uning ijro etilmagani uchun kreditor nafaqat qarzdorga, balki kafilga nisbatan ham chora ko’rishga haqli bo’lgan (o’zbeklarda “kafil turma – kafansiz ketasan” degan maqol bor). Demak, qarzdor ham, kafil ham bir xilda javobgar hisoblangan.

Agar qarzdor o’rniga kafil qarzni to’lab yuborsa, qarzdor unga ikki barobar qilib qarzini qaytarishi lozim bo’lgan.



Garov. Digestlarda aytilishicha, garovga narsa qo’ygan kishi bu bilan o’zini majburiyatlar bilan bog’lab beradi. Shuning uchun ham garov rimchasiga pignus, ya’ni “kishan” deb ataladi. Garovni shartnomaga qo’shimcha majburiyat deydilar.

Iqtisodiy rivojlanish davrlariga kelib kreditorga garovni sotish huquqi berilgan. Ba’zan garovga qo’yilgan narsa bir necha kreditorga tegishli bo’lgan. Unda pretor, avvalo, birinchi kreditorning huquqini himoya qilgan.

Garov predmetini ba’zan birovga yoki o’z egasiga vaqtincha foydalanish uchun berib turish ham mumkin bo’lgan. Ko’p hollarda kreditor shartnoma asosiy majburiyatining bajarilish muddati o’tishi bilanoq garovdagi buyumning o’ziga o’tib ketishini shart qilib qo’ygan. Faqat 326 yilda garovdagi narsaning barcha hollarda ham sotilishi va ortiqcha puli egasiga berilishi haqida qaror chiqqan. Bu vaqtga kelib bank ishlarida “ipoteka” degan garov shakli vujudga kelgan.

Ipoteka. III asrga kelib greklardan kelgan ipoteka usuli keng qo’llanila boshlagan. Ipotekaning pignusdan asosiy farqi shundaki, garovga qo’yilgan narsa kreditorda emas, qarzdorning o’zida saqlangan va qarzdor undan foydalanib yurishi ham mumkin bo’lgan. qarzdor u narsani birovga o’tkazib yuborsagina kreditor uni talab qilib olishi mumkin bo’lgan. Agar qarzdor o’z majburiyatini bajarmasa, kreditor uning garovdagi narsasini tortib olgan.

Vaqt o’tishi bilan ipoteka ko’chmas mulkka, birinchi galda, yerga nisbatan qo’llaniladigan bo’lgan, undan keyin qarzdorning bor mol-mulkiga nisbatan belgilash udum bo’lgan. Bu “bosh ipoteka” deb atalgan. Bu odat bizning kunlarda ham davom etmoqda va endilikda ipoteka ommaviy ravishda qayd etiladigan maxsus ro’yxat kitoblar paydo bo’ldi.

Ipoteka O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 265-moddasida nazarda tutilgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling