Taraflarning irodasi. Unga ko’ra, ikki ma’noli shartlar shartnoma tuzuvchilarning istak-irodasini quvvatlashi, unga zid bo’lmasligi lozim. Yuridik amaliyotda meros qoldiruvchining vasiyatnomasi xususida ushbu vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z erki bilan yozilganmi, uning haqiqiy irodasini aks ettiradimi kabi masalalarda juda ko’p tortishuvlar bo’lib turadi.
Rim amaliyotida ham ko’p tortishuvlardan keyin pretor amaliyotida ham, obro’li yuristlarning asarlarida ham vasiyatchining o’z xohishi, irodasini aniqlash va e’tiborga olish lozim, degan muhim qoida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |