Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet114/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Korreol majburiyat. Stipulyatsiya jarayonida kreditor “reus” deb atalgan, bu so’zning ko’pligidan “korreal” so’zi kelib chiqqan. Agar birgina majburiyat bo’yicha bir necha kishi kreditor hisoblansa, shunday deyilgan. Birgalikdagi majburiyat real birgalikdagi talab bilangina emas, ishonchliroq bo’lish uchun ham korreol joriy qilingan. Kreditorlardan birining to’liq qoniqishi boshqalarining da’vosini ham bajarilgan deb hisoblash uchun asos bo’lgan. Birgalikdagi majburiyat har bir kreditorga yakka o’zi da’vo qo’zg’atish huquqini bersa ham, lekin kreditorlardan birining da’vosi bilan qarz batamom to’lansa, barchasining da’vosi bekor bo’lgan.

Novatsiya. Majburiyatning yangilanishi. Bu masala, avvalo taraflarning biri vafot etganda yuzaga kelgan. Bunda vorislar huquqidan boshqa majburiyatlar bekor qilingan, chunki vorislik butun oilaga taalluqli bo’lgan.

Hayotda esa qarzdorning o’limi bilan ish ancha qiyinlashgan. Ammo novatsiya yo’li bilan bu ahvoldan chiqish yo’lini topganlar, ya’ni shartnoma yangidan tuzilgan. Buning uchun taraflarning roziligi kerak bo’lgan. Bunda bir turdagi shartnoma ikkinchi tur shartnoma bilan almashtirilgan yoki shartnomaning ba’zi shartlari ham o’zgarishi mumkin bo’lgan. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib oluvchi tovar haqini o’z vaqtida to’lamasa, tarafdorlarning kelishuvi bilan tovar haqining to’lanmagan qismi bo’yicha qarz shartnomasini tuzishga yo’l qo’yilgan (majburiyatning yangilanishi haqida O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 347-moddasida tegishli qoidalar nazarda tutilgan).

Qarzni to’lash muddatini cho’zish yoki shartnomani biroz o’zgartirish kerak bo’lib qolganda ham novatsiya qo’llanilgan. Klassik davrlarda har qanday novatsiya stipulyatsiyani talab qilgan. Keyingi davrlarda esa litteral shartnomaning o’zi kifoya qilgan. Avvallari novatsiya kreditorni almashtirish uchun tuzilgan bo’lsa, keyinchalik murakkabliklardan qochish uchun sessiya usuliga o’tilgan.

Sessiya. Majburiyatni bajarishni talab qilish huquqining bir kreditordan boshqasiga o’tishi va qisman yon berish sessiya deb atala boshlagan. Bunda kreditor o’rniga uning vakili qatnashgan. Vakildan uch narsa talab qilingan: 1) da’voni himoya qilish uchun butun kuchini sarflash; 2) yolg’ondan saqlanish; 3) ishonch bildirgan, vakolat bergan shaxsga tegishli barcha haqni to’lash. Shunday qilib, kognitsiya odati paydo bo’lgan.

Kognitor talab qilib undiradigan narsani to’lashga (masalan, yeb qo’ygan taqdirda) yetadigan ashyo bo’lishi kerak bo’lgan. Antoniya Piy davrida (VIII-XI acplar) sessiya imkoniyatlarini toraytiradigan ko’p jihatlar bekor qilingan va bora-bora u mustaqil odatga aylangan. Bizning davrimizda ham shunday bo’lib qolmoqda. Kreditor o’z huquqlarini boshqa kishiga (vakiliga) o’tkazib, vakolat beradi (unga sessionar deyiladi), ammo unga o’zining huquqidan ortiq huquq berolmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 313-moddasiga binoan, sessiya “Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o’tish asoslari va tartibi”, degan so’zlar bilan ifodalanadi. Ushbu moddaning 1-qismida kreditorga tegishli bo’lgan huquqning majburiyat asosida boshqa shaxsga o’tkazilishi haqida gap yuritiladi. Lekin ba’zan qonunlarda maxsus nazarda tutilgan hollarda intellektual mulkka asoslangan huquq ham boshqa shaxslarga o’tkazilishi mumkin. Masalan, patent oluvchi shaxs unga bo’lgan huquqni xohlagan shaxsga o’tkazishi mumkin (FK 1088-m.). Tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga bo’lgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin (FK 1105-m.).


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling