Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet122/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Furtum (o’g’rilik). O’g’rilik boshqalar buyumini, ashyosini yashirin tarzda olib ketish hisoblangan. XII jadvalda tungi va kunduzgi O’g’rilik alohida-alohida qaralgan. Tungisiga nisbatan qattiqroq jazo qo’llanilgan. O’g’irlangan narsa yonidan topilgan kishi o’g’ri deb hisoblangan. Pretorlik huquqida saqlashga berilgan yoki garovga qo’yilgan ashyolardan foydalanish ham O’g’rilik hisoblangan.

Bosqinchilik. O’g’rilikdan farqli o’laroq, bosqinchilik yashirin emas, balki ochiqdan-ochiq sodir etiladi. U tungi O’g’rilik bilan barobar jazoga loyiq hisoblangan.

Italiyada sullanslar va marianslar orasidagi fuqarolar urushi natijasida bosqinchi banditlar ko’payib ketgan davrda bosqinchilikka qarshi alohida qonun chiqarilgan va uning muallifi nomi bilan “Lukulla edikti” deb atalgan.



Akviliy qonuni. Notiq Akviliy nomi bilan atalgan bu qonun (mil. av. 286 y.) o’zigacha bo’lgan barcha jazolarni bekor qildi va yangi jazolar joriy etdiki, bundan keyingi sudlar faqat shu qonunni qo’llashlari lozim bo’lgan. qonunda huquqbuzarlikning hamma turlariga nisbatan turli jarimalar va boshqa jazo choralari belgilab chiqilgan. Masalan, quyidagi huquqbuzarliklarga: 1) birovning qulini yoki hayvonini o’ldirish; 2) birovning ashyosini shikastlantirish yoki boshqacha zarar yetkazish; 3) qo’shimcha kreditor (adistipulyator) tomonidan yetkazilgan zarar; 4) birovning quliga yoki hayvoniga zarar yetkazish.

Akviliy qonuniga asosan, qulning yoki hayvonning o’limi yoki jarohatlanishiga olib keluvchi atayin qilingan jismoniy harakat “zarar” hisoblangan. Ammo bu harakatning qasddan yoki bilmasdan qilinganligi haqida bahslar ko’p bo’lgan. qonun aybdorga nobud bo’lgan ashyoning eng yuqori bahosini to’lash majburiyatini yuklagan. Agar aybdor buni asossiz rad qilsa, jarima ikki barobar oshirilgan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling