Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Konsensual shartnomalar


Download 0.53 Mb.
bet130/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

4-§. Konsensual shartnomalar


Ikki tomonning o’zaro oddiygina kelishuvidan vujudga kelgan shartnomalar konsensus shartnomalari deyilgan. Ular oldi-sotdi, birgalikdagi faoliyat, pudrat, ishchi yollash, ijara kabilarda qo’llanilgan.

Oldi-sotdi munosabati. qadimgi Rimda oldi-sotdi shartnomalari birinchi o’rinda turgan, xizmat ko’rsatish sohalari endigina paydo bo’la boshlagan. qulchilik tizimi xizmat ko’rsatishni unchalik taqiqlamagan, ammo uning huquqiy asoslari bo’lmagan. Oldi-sotdi shartnomasining asosiy ko’rsatkichi tovar-pul yoki pul-tovar munosabatidir (emtio-venditio). Bu shartnoma taraflar kelishgan vaqtdan boshlab kuchga kirgan. Bunda sotuvchi oluvchiga pul evaziga ma’lum bir buyumga mulk huquqini batamom o’tkazib bergan. Oldi-sotdi munosabatlari ashyo almashtirishning qiyinlashishi sababli yuzaga kelgan. Shu bois barcha narsalarga almashtirish mumkin bo’lgan tovar-pul vujudga kelgan. XII jadval amal qilgan davrda bu mis quymasi bo’lgan.

Mil. av. V asrda bronzadan zarb qilingan 32,5 grammli ass (chaqa pul)lar paydo bo’lgan.

Oldi-sotdi shartnomasining asosiy predmeti – tovar (merx). Muayyan jismiy alomatlarga ega bo’lgan va fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar tovar hisoblanadi. Busiz oldi-sotdining yuzaga kelishi mumkin emas. Oldi-sotdida xaridor, sotuvchi va ashyo qatnashadi. Sotilayotgan ashyo ikki talabga javob berishi kerak: u jismoniy va yuridik jihatdan yaroqli bo’lishi kerak. Jismoniy jihatdan u o’z vazifasini bajara olishi, yuridik jihatdan esa o’z sotuvchisiniki bo’lishi, ya’ni o’g’irlab olinmagan bo’lishi shart.

Oldi-sotdi shartnomasi tovar bahosi, kelishilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Baho haqidagi kelishuvda, birinchidan, baho pulda ifodalanishi, ikkinchidan, pulning aniq miqdori belgilangan bo’lishi, uchinchidan esa baho tovarning haqiqiy narxi darajasida bo’lishi shart.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling