Ssuda shartnomalari. Ssuda (lotincha commodatum) qarzdan farq qilgan. qarz berilgan narsani ishlatib yuborish va o’rniga boshqasini qaytarish mumkin bo’lsa, ssudaga berilgan narsaning o’zini ishlatib, so’ng o’zini qaytarib berish lozim bo’lgan. Bunday vaqtincha berilgan ashyo bilan bog’liq munosabatlar ham turli murakkablikdagi yuridik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan: berilgan ashyo buzuq, idish teshik va boshqalar bo’lib, qarzdorga zarar yetkazsa, kreditor aybdor hisoblangan va, aksincha, olingan narsani qarzdor sindirib, buzib qo’ysa, qarz olgan shaxs aybdor hisoblangan.
Oddiy qarz va ssudaning farqlari quyidagilarda namoyon bo’lgan:
qarzda:
1) ashyo – umumiy sifatga ega hajm, og’irlik, sanoq yoki miqdor bilan o’lchanadigan ashyo;
2) ashyolar qarzdorga o’z mulki sifatida berilgan;
3) ashyoning taqdiri, ya’ni nobud bo’lishi, shikastlanishi va boshqalar qarzdorning zimmasida bo’lgan;
4) majburiyat faqat bir tomonlama bo’lmagan.
Ssudada:
1) xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar berilgan;
2) ashyo vaqtincha foydalanib, qaytarib berilgan;
3) ashyoning tasodifan nobud bo’lishi kreditorning zimmasida bo’lgan;
4) qarzdorning zimmasiga yuklangan asosiy majburiyatlardan tashqari, boshqa turli majburiyatlar ham vujudga kelishi mumkin bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |