Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Litteral shartnomalar


Download 0.53 Mb.
bet126/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

2-§. Litteral shartnomalar


Uy daftarlari. Biz uy daftarlari tutilib, unga qarzlarning yozib borilganligi haqida gapirgan edik. Bu yozuvlar vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirilib, tekshirilib va aniqlanib turgan hamda shartnoma shaklini ham ola boshlagan. Chunki oldi-sotdi ishlari talabi bilan yoki qarzning qo’shilishi yoki kamayishi natijasida yangi kelishuvlar paydo bo’lgan. Ular yozuvda o’z aksini topgan va literal (yozilgan) majburiyatga aylangan. Ba’zan birovning qarzi boshqa birovga (kelishilgan holda) yozilgan. Bularning hammasi novatsiya, ya’ni yangi kelishuv deb tushuntirilgan.

Uy daftari juda oddiy bo’lishiga qaramay, bankirlar, savdogarlar va boshqalar uchun ishonchli hujjat bo’lib, bitim va shartnomalar o’shandan boshlangan, desak bo’ladi.

Orada tilxat degan yozma hujjat ham paydo bo’lgan. U Yunonistondan kirib kelgan.

Singraf va xirograflar. Rimda tilxatni singraf (grekcha “yozma hujjat”) deb ataganlar. U ikki nusxada tuzilgan va o’ziga xos veksel vazifasini o’tagan. Bu hujjatni qo’llash uchun faqat rimliklargagina emas, balki peregrinlarga ham ruxsat etilgan. Singraflar uchinchi shaxs nomidan yozilgan (masalan, “Falonchi buncha qarz” shaklda) va uni avval qarzdor so’ngra guvohlar imzolaganlar.

Xirograf yunoncha “o’zi qo’ygan qo’l” degani bo’lib, bunday tilxatga guvohlar aralashmagan. Xirograf birinchi shaxs nomidan “Men, falonchi pismadonchiga buncha qarzman” degan tartibda tuzilgan.

Imperiya davrida xirograflar o’zining soddaligi va osonligi bilan singraflarni siqib chiqargan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling