vIII bob. SHARTNOMALARNING ALOhIDA TURLARI. PAKTLAR VA KVAZIKONTRAKTLAR
Gap shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni amalga oshirish vazifalari haqida borar ekan, ikki narsani ta’kidlab o’tish kerak: birinchidan, har ikki taraf o’z roziligi bilan bitim tuzgan; ikkinchidan, shartnoma shartlari va qonun oldida har ikki taraf ham barobar. Neksum (qarzini to’lamaganni qul qilish huquqi) bekor qilinganidan keyin jarima faqat pul yoki ashyo shaklida solinadigan bo’lgan. Janjal chiqsa, hokimiyatga (pretor, sud va sh.k.) murojaat qilingan. Shuning uchun Rim shartnomasida majburiyat huquqi haqida gapirilganda, tomonlar huquqining tengligi, shartnoma shartlarini bajarmaganlarning mulkiy javobgarligi, tovarlarga nisbatan taklif va talab kabi sharoitlar hisobga olinishi kerak. Faqat huquqiy himoya bilan ta’minlangan shartnomagina rimcha shartnoma hisoblanadi.
Bu shartnomalar quyidagi to’rt asosdan biriga ega bo’lgan:
1) verbis, ya’ni an’anaviy iboralarni og’zaki takrorlash asosida tuzilgan va ular verbal shartnomalar deyilgan; 2) litteris – uy kitoblariga yozilgan literal shartnomalar; 3) real – bu shartnomalar buyumni topshirish bilan boshlangani uchun real shartnomalar deyiladi; 4) konsensus – kelishuvga asoslangan shartnomalar.
Eng qadimiy Rim shartnomalari shakllaridan biri stipulyatsiya bo’lgan. U din tomonidan ham ma’qullanib, muqaddaslashtirilgan og’zaki kelishuv bo’lib, unda qasam va duo so’zlari ham ishlatilgan (qarg’ish).
Do'stlaringiz bilan baham: |