Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Sotuvchining majburiyatlari


Download 0.53 Mb.
bet131/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Sotuvchining majburiyatlari. Sotuvchi xaridorga ashyoni mulk qilib topshirishi, undan foydalanish yo’llarini o’rgatishi va, nihoyat, boshqalarning unga da’vo qilolmasligini ta’minlashi shart. Sotilgan ashyoda boshqa shaxslarning huquqi – eviksiya bo’lmasligi kerak. Bu o’rinda gap qandaydir sababga ko’ra ashyoning sotuvchiga tegishli emasligi haqida bormoqda. Hatto buni sotuvchining o’zi ham bilmagan hollar bo’lishi mumkin.

Mansipatsiya davrida bunday hollar ma’lum bo’lib qolganda sotuvchi xaridorga to’langan narxni ikki baravar qilib qaytarib berishi qonunda belgilab qo’yilgan va bu qoida uzoq vaqtgacha amalda bo’lgan. Sotilgan ashyoning kamchiliklarini yashirganlik yoki bu haqda ogohlantirmaganlik uchun ham sotuvchi javobgar bo’lgan. Bunday holda sotuvchi to’langan pulni ikki baravar qilib qaytargan.

Bundan tashqari, yana ikki yuridik vosita qo’llanishi mumkin bo’lgan: shartnomani bekor qilish yoki ashyoning narxini pasaytirish. Sotuvchi xaridor oldida stipulyatsiya majburiyatlarini zimmasiga olgan, ammo mayda nuqsonlar va o’zi ham bilmaydigan kamchiliklar uchun javobgar bo’lmagan. Masalan, bir guruh qullarni ko’tara xarid qilib, bittalab sotgan sotuvchi ularning fe’lini bilmagani tabiiy hisoblangan. qul g’ilay yoki cho’loq bo’lsa, xaridor ko’rib olishi kerak bo’lgan.

Ashyoning tasodifan nobud bo’lishi. Agar kelishuv, bitim tuzilgan bo’lsa-yu, xaridor ashyoni o’z vaqtida olib ketmay, u tasodifan yo’qolib qolsa hamda sotuvchi ham bundan bexabar bo’lsa (masalan, olingan qul o’lib qolsa yoki uy yonib ketsa), ayb xaridorga tushgan.

Har ikki tomonga ham huquq va majburiyatlar yuklaydigan mazkur bitimlar “sinallagmatik” shartnomalar deyilgan. Bu so’z yunonchada “o’zaro barobar bajarish” degan ma’noni anglatadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling