Shartnomaning bajarilish joyi. Bajarilish joyi yo shartnomada ko’rsatilgan, yo o’z-o’zidan tushunlari bo’lgan. Ammo Italiyaning bosib olinishi va Rimning jahon bozoriga qo’shilishi bilan ish ancha murakkablashgan. Gretsiya, Misr, Finikiya, Karfagen kabi davlatlar bilan aloqalarning o’rnatilishi narsalarni uzoq joylarga olib borish, buning narx-navoga ta’siri masalalarini keltirib chiqar. Bundan tashqari, bozor qoidalarning muayyan muammolarni yuzaga keltirgan. Agar kreditor ikki-uch joyning nomini aytsa-yu, bajaruvchi o’ziga ma’qul joyni ko’rsatmagan bo’lsa (masalan, vasiyatnomada), shartnoma bajarish mumkin bo’lgan joyda bajarilavergan. Ammo javobgar (bajaruvchi) bu haqda ogohlantirilishi kerak bo’lgan. Aks holda shartnoma bajarilmagan deb hisoblangan. Agar oldi-sotdida narsaning bahosi ko’rsatilmagan bo’lsa, unda shartnoma bajariladigan joydagi narx-navo mezon qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |