Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Klassik zamondan keyingi davr (


Download 0.53 Mb.
bet12/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

4. Klassik zamondan keyingi davr (IVV asrlar). Bu davrga chuqur siyosiy (dominatning shakllanishi), madaniy (xristianlikning qaror topishi) va Yevropaning qiyofasini ko’p asrlarga belgilab bergan ilk o’zgarishlar xos. Bu davrda respublikani idora qilishda ham yaxlitlik bo’lmagan, har bir imperator o’zicha yo’l tutishga harakat qilgan.

Davrning huquqiy taraqqiyotiga kelsak, u ham byurokratik (rasmiyatchilik, to’rachilik), davlatni feodallashtirish va shaxs erkining tushkunligiga moslashgan holda inqirozga uchray borgan. Konstantin zamonida tajribaga suyangan ijobiy huquq edikt shaklidagi imperator konstitutsiyasi edi. Bu davrda idora ishlarining sifati keskin pasayadi. Yuridik qonunlarning tili va ifoda yo’sini klassik davrga aslo tenglasha olmaydi. Bu davr yuristlari ijodiy yondashuvdan foydalanmaganlar, chunki ularga qolgan huquqiy meros ulug’ va qudratli, uning obro’i juda baland bo’lgan.

Klassiklarning bu asarlari darslik vazifasini o’tgan, ularga arzimas qisqartish va o’zgartishlar kiritilgan, xolos. Bu yo’sin davr odati bo’lib qolgan. Masalan, IV asr boshida Ulpianning “Redulae” kitobi asosida undan qisqaroq darslik tuzilgan. Shunday qo’llanmalar boshqa kitoblar asosida ham tuzilgan yoki ularning mazmuni imperatorlar chiqargan farmon-qonunlarni izohlashdan iborat bo’lgan.

IV asr oxirlaridan boshlab qonunshunoslik maktablarida huquqqa nisbatan klassik davrdagiday munosabat rivojlana boshlagan: qiroatxonlik, quruq yodlash kuchaygan. Klassik davrdagi obro’li olimlardan uzundan uzoq iqtiboslar (sitatalar) olish odatga aylangan. Ushbu olimlarning ishlariga tarixiy yondashuv o’rnini ularning fikr-mulohazalarini o’zgarmas aqida sifatida qabul qilish avj olgan.

Universitetlarda yuristlarni tayyorlash Gayning eng oddiy asarlari bilan tanishtirishdan boshlangan. So’ngra ediktlar (u ham Ulpian talqinida) undan keyin Papinian asarlari o’qitilgan. Shundan keyingina amaliy ishga va Pavel asarlarini mustaqil o’rganishga o’tilgan. Faqat 5-yiliga kelib xususiy professorlar rahbarligida konstitutsiyani o’rganishga kirishilgan. Klassik davr mualliflarining ko’pgina asarlari yoki ulardan yig’ilgan parchalar turli xrestomatiyalar ko’rinishida yoxud boshqa shakllarda bizgacha yetib kelgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling